Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy bank 8 ta bankka nisbatan jarima sanksiyasi qo‘lladi
Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan 2025 yilning sentabr oyidagi yig‘ilishlarida (9 marta) 43 ta masala ko‘rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.
Foto: Kun.uz
Ro‘yxatga olish va ruxsat berish yo‘nalishida 28 ta masala, shu jumladan, kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish (5 ta), yangi ochilayotgan mikromoliya tashkilotlarini hisob ro‘yxatidan o‘tkazish (2 ta), kredit tashkilotlarining ustav fondidagi ulushiga egalik qilish uchun ruxsat berish (3 ta), banklarda audit o‘tkazish huquqini berish uchun auditorlik malaka sertifikatini taqdim etish (3 ta), mikromoliya banki faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berish (1 ta), shuningdek, tijorat banklari kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zolari hamda muhim ahamiyatga ega xodimlarining nomzodlarini ko‘rib chiqish (14 ta) bilan bog‘liq masalalar ko‘rildi.
Shu bilan birga, kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga oid 15 ta masala – Markaziy bankning ko‘rsatmalari va prudensial me’yorlari talablarining bajarilishi, tijorat banklari va mikromoliya tashkilotlarida o‘tkazilgan inspeksiya natijalari, bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan masalalar ham muhokama qilindi.
Prudensial normativ talablariga rioya etilmaganligi, o‘z faoliyatini qonunchilik hujjatlari talablariga belgilangan tartibda muvofiqlashtirmaganligi hamda inspeksiya tekshiruvlari davomida aniqlangan kamchiliklar uchun 7 ta bank va 13 ta to‘lov tashkiloti chora va sanksiyalar qo‘llanishi to‘g‘risida ogohlantirildi.
Shuningdek, Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan inspeksiya tekshiruvlari davomida va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish qoidalariga rioya qilinishida aniqlangan qoidabuzarliklar, shuningdek, bank xizmatlari iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirish yo‘nalishida qonunchilik talablariga rioya qilinmaganligi uchun 8 ta bankka nisbatan jarima sanksiyasi qo‘llandi.
Mavzuga oid
10:44
Rossiyada 31 o‘zbekistonlik talabaga qo‘yilgan jarima bekor qilindi
16:19 / 13.12.2025
Xorijdan pul o‘tkazmalari 11 oyda 17,3 mlrd dollarga yetdi
16:37 / 11.12.2025
Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
19:09 / 10.12.2025