Farmoyişga köra, yangi tahrirdagi MJtK loyihasi 2027 yil 1 aprelgaça manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelişilişi hamda jamoatçilik muhokamasidan ötkazgan holda körib çiqiş uçun Administratsiyaga kiritilişi kerak.

MJtKni yangilaş jarayonida ma’muriy huquqbuzarliklar zamonaviy şart-şaroitlardan kelib çiqib qayta körib çiqiladi, şu jumladan, ahamiyatini yöqotgan huquqbuzarliklar bekor qilinib, yuridik va jismoniy şaxslar, davlat va jamiyat manfaatlariga, qonuniylik va huquq-tartibotga tahdid solayotgan huquqbuzarliklar uçun javobgarlik çoralari takomillaştiriladi va yangilari kiritiladi.

Adliya vazirligidagi işçi guruhga vazirning birinçi örinbosari Mahmud Istamov boşçilik qiladi. U yetak mutaxassis va olimlarni işçi guruh tarkibiga kiritiş huquqiga ega.

Işçi guruh yangi MJtKni işlab çiqişda ilğor xalqaro tajriba, umume’tirof etilgan norma va standartlarni örganib çiqadi.

Ilmiy doiralar, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari vakillari va xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda uçraşuvlar, seminarlar, davra suhbatlari va matbuot anjumanlari ötkaziş közda tutilgan.