13 martdan boşlangan birinçi mavsum “Oçiq budjet” portaliga joylaştirilgan loyihalarga ovoz beriş 20 kundan köproq davom etdi. Bu galgi ovoz beriş qat’iyroq “Bir fuqaro – bir ovoz” körinişida amalga oşirildi. Bunda fuqaroning bir neçta aloqa operatorlaridan 3-4 ta sim-kartasi bölsa ham, aloqa operatoridan qat’i nazar, har qanday holatda faqat bitta ovozi “Oçiq budjet”da qayd etildi.
Har galgidan köra raqobatbardoş ötgan bu mavsumda ham öqituvçilar, hamşiralar ovoz töplaşda iştirok etdi, metro, avtobus bekatlari, umuman odam gavjum joylarda ovoz töplaş uçun turli takliflar berildi.
Ovoz yiğiş uçun nimalar taklif qilindi?
Avvalgi mavsumlarda trendda bölgan yoğ taklifi öz örnini rang-barang mahsulotlarga almaştirdi. Ulardan eng qiziqlarini jamladik.
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatida mingta ovoz uçun Nexia – 1 avtomobili va’da qilingan video tarqaldi. “Maşina “Open budjet”ga qöyilyapti. Javob” degan fuqaro videoda.
15 ta ovoz uçun esa bitta qöziçoq va’da qilingan.


Andijonda bitta ovozga bitta yoğ, bitta 5 litr idişda suyuq sovun, xohlagan odamga pul berilgan.
Tarmoqlardagi yana bir videoda 10 ta ovozga qöziçoq, 50 ta ovozga buzoqça, 100 ta ovozga toyçoq va’da qilingan.












