Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Tashabbusli budjet”da 35 ta loyiha qo‘shimcha g‘olib deb topildi
Amaldagi tartibga ko‘ra, xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlariga mahalliy budjetning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha tarzda g‘olib loyihalarni e’lon qilish vakolati berilgan.
“Tashabbusli budjet”ning joriy yilgi 2-mavsumi yakunlariga ko‘ra, g‘olib bo‘la olmagan 35 ta loyiha uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratildi.
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan g‘olib bo‘lmagan navbatdagi loyihalarni moliyalashtirish uchun mahalliy budjetning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan 47 mlrd 657 mln so‘m ajratilib, 35 ta loyiha qo‘shimcha ravishda g‘olib deb topildi.
Amaldagi tartibga ko‘ra, xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlariga mahalliy budjetning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha tarzda g‘olib loyihalarni e’lon qilish vakolati berilgan.
G‘olib loyihalar ro‘yxati bilan mazkur havola orqali tanishish mumkin.
“Tashabbusli budjet”ning 2025 yil ikkinchi mavsumida 18 734 ta loyiha ishtirok etdi, ular uchun jami 11 mln 137 mingta ovoz berilgan va qiymati 3,1 trln so‘mdan ortiq bo‘lgan 2332 ta loyiha g‘olib deb topilgan.
Mavzuga oid
11:10 / 21.03.2026
58 ovozdan 13 ming 386 ovozgacha. «Tashabbusli budjet» g‘oliblari e’lon qilindi
18:28 / 15.03.2026
“Mukofotlar uchun emas, o‘zgarishlar uchun ovoz bering” - Iqtisodiyot va moliya vazirligi
11:03 / 11.03.2026
Turli “o‘yinlar” sabab 10 ta tuman va shahar “Tashabbusli budjet”da sanksiyaga uchradi
12:58 / 03.03.2026