Qonunçilik palatasida taşabbusli budjet jarayonlarini muvofiqlaştiriş, loyihalarning amalga oşirilişi ustidan parlament nazoratini olib boriş uçun 11 nafar deputatdan iborat parlament komissiyasi taşkil etiladi.
2026 yil 1 yanvardan deputatlar har yili taşabbusli budjet jarayonlarida tegişli saylov okruglarida ğolib bölmagan loyihalar orasidan aholining kundalik hayoti va hududni rivojlantirişga ta’sir qiladigan 2 ta loyihani (har mavsumda 1 tadan) “Oçiq budjet” axborot portalida tanlaydi.
Mazkur tanlov loyihani respublika budjetidan moliyalaştiriş uçun asos hisoblanadi.
Şuningdek, mazkur jarayonlarda ğolib bölmagan loyihalarni moliyalaştiriş uçun har bir deputatga 1 yilda 2 mavsumga BHMning 8 ming baravari miqdorida mablağ har yilgi respublika budjetida nazarda tutiladi.
2026 yil 1 fevraldan taşabbusli budjet jarayonlarida ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni aholi va davlat örtasida şeriklik asosida moliyalaştiriş amaliyoti joriy etiladi.
Taşabbuskor aholi tomonidan loyihalar qiymatining 50 foizi ixtiyoriy ravişda moliyalaştirilganda loyihalar ğolib deb topiladi va qolgan 50 foizi respublika budjetidan moliyalaştiriladi.












