Avtosalondan navbatsiz mashina olmoqchi bo‘lgan kishi “odamiga” uchradi
Sobir Umarov “Neksiya” avtoulovini navbatga turmay tezroq va arzonroq sotib olish maqsadida Yunus ismli (ism-shariflar o‘zgartirilgan) mashina ta'mirlovchi tanish ustaga murojaat qildi. Barchasi ana shundan boshlandi. Bu haqda “Ogoh” nashri yozmoqda.
Sobir va Yunus o‘rtasidagi suhbatni tasodifan Ilyas Zakiyev ismli nusxa eshitib qoladi. Oradan bir muddat vaqt o‘tib, u Yunus orqali Toshkent shahri, Seregli tumanidagi avtosalondan “Neksiya” olib bera olishini Yunus orqali Sobirga yetkazadi.
Ilyasning gapiga ishongan Sobir u so‘ragan 500 AQSh dollari hamda pasporti nusxasini unga beradi. Ertasiga Ilyas undan shartnomaga deb yana 1000 AQSh dollari miqdorida pul oladi. O‘sha kuni uchchovlon avtasalonga borishadi. U yerga kirib chiqqan Ilyas mashina 20-25 kun ichida chiqishini aytib, 11 200 AQSh dollari pul so‘raydi.
Bu pullarni topib bera olmagan Sobir, bergan pullarini ham qaytarib ololmasligini bilgach, so‘m hisobida 28 million 854 ming pulni Ilyasga beradi.
Tabiiyki, mashina salondan chiqmaydi. Sobir Ilyasni qistovga oladi. Ammo firibgar turli bahonalar bilan qochib yuradi. Sobir Yunusga murojaat qiladi. Ammo Yunusning ham Ilyas bilan tili bir edi. Sobirning so‘nggi chorasi qoladi, u ichki ishlar idorasiga murojaat qiladi.
Sud I.Zakiyev va Yu.Ro‘ziqulov sodir etgan jinoyatlari uchun o‘z hukmini o‘qidi.
Tavsiya etamiz
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada salkam 100 mln funtlik kokain partiyasi musodara qilindi
Jahon | 19:19
-
Urush tugadi, rahbar bunkerdan chiqdi – hafta dayjesti
Jahon | 18:43
-
Turkiyada o‘rmon yong‘inlari sabab o‘nlab aholi punktlari evakuatsiya qilindi
Jahon | 18:07
-
Ozarboyjonda Rossiya bilan bog‘liq barcha madaniy tadbirlar bekor qilindi
Jahon | 18:03