Pensiya va nafaqalar oshiriladi

2025 yil 1 iyuldan boshlab pensiyalar va nafaqalar hamda kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam to‘lovlari miqdorlari 10 foizga oshiriladi. Bu haqda prezidentning «Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida»gi farmonida ko‘zda tutilgan. 

Bunda:

  • yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 918 000 so‘m etib;
  • nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 1 012 000 so‘m etib;
  • kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasining har oylik miqdori: 3 yoshgacha bo‘lgan bitta kichik farzandi uchun – 360 000 so‘m, 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bitta farzandi uchun – 275 000 so‘m; oilaning ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha – 165 000 so‘m; oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun qo‘shimcha – 110 000 so‘m etib;
  • kam ta’minlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori – 420 000 so‘m etib;
  • fuqarolarga to‘lanadigan boshqa pensiyalar va nafaqalar miqdorlari ilovaga muvofiq belgilanadi.

2025 yil 1 avgustdan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori ham 10 foizga oshiriladi.

Uy sotib olishda eskrou tizimi joriy etiladi

2025 yil 1 iyuldan O‘zbekistonda uy-joy xarid qilish jarayonida eskrou tizimi amaliyotga joriy etiladi. Bu haqda prezidentning tegishli farmonida keltirib o‘tilgan.

Yangi tartib fuqarolarning huquqlarini muhofaza qilish hamda qurilish sohasida qonuniylikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Yangi tizimga ko‘ra:

  • shartnomalar faqat davlat ro‘yxatidan o‘tgan qurilish obektlari bo‘yicha tuziladi;
  • xaridor to‘layotgan mablag‘ to‘g‘ridan to‘g‘ri qurilish kompaniyasiga berilmaydi, balki bankdagi maxsus eskrou hisobvaraq orqali amalga oshiriladi;
  • qurilish ishlari kamida 30 foizga bajarilganidan so‘nggina bank tomonidan mablag‘ ko‘chiriladi yoki kredit ajratiladi;