Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada salkam 100 mln funtlik kokain partiyasi musodara qilindi
Og‘irligi 2,4 tonnaga yetadigan kontrabanda yuki Panamadan kelgan kemadan topilgan - ular konteynerlar ostiga yashirilgan bo‘lgan.
Buyuk Britaniyada hozirgacha aniqlangan eng yirik kokain partiyalaridan biri musodara qilindi — giyohvand moddalarning qiymati qariyb 100 million funt sterlingga baholanmoqda, deb yozadi SkyNews.
Og‘irligi 2,4 tonnaga yetadigan kontrabanda yuki Temza daryosidagi portga Panamadan kelgan kemadan topilgan, ular konteynerlar ostiga yashirilgan bo‘lgan.
Qayd etilishicha, huquq-tartibot organlari rejalashtirilgan yetkazib berishni oldindan aniqlagan va yuk mamlakat hududiga kelgan zahoti uni qo‘lga olgan. Musodara qilingan giyohvand moddalar 96 million funt sterlingga baholanmoqda.
Bundan tashqari, Duvr portida 170 kilogramm ketamin, 4 mingta ekstazi tabletkalari va yigirmaga yaqin o‘qotar qurollar ham aniqlangan.
Iyun boshlarida Ispaniya, Portugaliya, Buyuk Britaniya, Kolumbiya va AQSh politsiya bo‘linmalari maxsus operatsiya o‘tkazib, Kanar orollarida salkam 4 tonna kokainni musodara qilgandi. Uning doirasida uyushgan jinoiy guruhning 48 a’zosi qo‘lga olingan.
Mavzuga oid
20:11 / 30.06.2026
Britaniyada nam salfetkalarni sotish taqiqlandi
22:32 / 26.06.2026
Charlz III Britaniya monarxlari orasida birinchi bo‘lib soliqlarini e’lon qildi
18:22 / 26.06.2026
Morgan ko‘z uzish imkonsiz retro dizaynli avtomobilni taqdim qildi
21:12 / 25.06.2026