Toshkentda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi masjid ochildi

Chilonzor tumanidagi So‘galli ota ziyoratgohi yonida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf qurilishini boshlatgan masjid uzoq yillar qarovsiz holda qolib ketgan edi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili fevral oyida bu yerga kelib, masjidni keng va ko‘rkam qilib qurish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi.
Bugun 2 gektardan ziyod maydonda ulkan majmua bunyod etildi. Avvalgi loyihadagi ayvon o‘rni ham masjid binosiga qo‘shilib, yanada kengaytirildi. Majmuadan, shuningdek, konferens-zal, o‘quv xonalari, tahoratxona, muzey va boshqalar joy olgan. Yo‘l bo‘yidagi So‘galli ota maqbarasi ta'mirlangan. Beton qoldiqlari chiqarib tashlanib, ko‘kalamzorlashtirilgan, deya xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.
Ma'lumki, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasi raisi, muftiy bo‘lgan. Turli diniy-ma'rifiy mavzularda yuzdan ziyod kitoblar yozib, islom dini mohiyatini to‘g‘ri yetkazish, odamlarning bilim va ma'naviyatini oshirishga katta hissa qo‘shgan.
Prezident bu masjid Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomiga munosib bo‘lganini ta'kidladi. Shayx hazratlarining ilmiy merosini o‘rganish, ma'rifat va odob-axloq mavzularida ko‘proq kitoblar chop etish, jamiyatimizdagi ma'naviy muhitni mustahkamlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

15:42 / 05.04.2025
“Derazani ochishim bilan tahoratxona portlab ketdi”: Izboskandagi masjiddan reportaj

18:08 / 04.04.2025
«Profilaktik tadbirlarni to‘g‘ri tushunishingizni so‘raymiz» – Musulmonlar idorasi masjidlardagi texnik nazorat ishlari haqida

23:19 / 31.03.2025
Andijonda masjidda gaz portladi. Asosiy ma’lumotlar

22:12 / 31.03.2025