Joriy yil 31 mart kuni Andijon viloyati Izboskan tumanidagi «Ahmadali hoji» masjidining tahoratxonasida gaz portladi. Oqibatda 3 kişi halok böldi, 10 kişi turli darajada tan jarohati olib, şifoxonaga yotqizildi.
Izboskandagi masjidda yuz bergan portlaşdan söng ijtimoiy tarmoqdagi köplab foydalanuvçilar Andijon viloyatidagi boşqa masjidlar tahoratxonalari ham issiqlik ta’minotidan uzib qöyilgani haqida yozdi. Natijada tahoratxonalardan issiq suv çiqmay qolgan. Şuningdek, tarmoqlarda poytaxt Toşkentda ham ayrim masjidlar issiqlik ta’minotidan uzilgani haqida postlar qoldirildi.
Özbekiston musulmonlari idorasi «ayni kunlarda masjidlarning texnik va yonğin xavfsizligi talablariga muvofiqligi, issiq suv hamda issiqlik energiyasi bilan ta’minlaş tizimlarini navbatdagi nazoratdan ötkaziş işlari» olib borilayotganini ma’lum qildi.
Uşbu tadbirlarga mahalliy hokimliklar vakillari, FVV, Quriliş vazirligi hududiy boşqarmalari kabi taşkilotlar mutaxassislaridan iborat hududiy işçi guruhlari jalb etilgan.

Idoraga köra, örganişlar davomida belgilangan talablarga javob bermaydigan ayrim masjidlardagi issiq suv hamda issiqlik energiyasi bilan ta’minlaşdagi kamçiliklar bartaraf etilib, issiqlik va tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanmoqda.
«Öz navbatida mömin-musulmonlar ham mana şunday profilaktik tadbirlarni töğri tuşunib, olib borilayotgan işlarda hamjihat bölişlarini söraymiz. Zero, mana şunday çora-tadbirlardan maqsad fuqarolarimiz ibodat qilişi uçun qulay va xavfsiz şaroitlar yaratişdir», — deyiladi Özbekiston musulmonlari idorasi bayonotida.
Ma’lumot uçun, Izboskan tumanidagi «Ahmadali hoji» masjidi tahoratxonasida gaz portlaşi yuz bergaç, voqea joyiga viloyat hokimi, Favqulodda vaziyatlar vaziri va boşqa mas’ullar yetib borgan. Portlaş yuzasidan boş vazir örinbosari Oçilboy Ramatov boşçiligida hukumat komissiyasi tuzilib, uning sabablari örganilişi hamda jabrlanganlar, vafot etganlarning oilalariga yordam berilişi ma’lum qilindi.








