Jamiyat, adabiyot, xususan, özbek adabiyoti, uning tahlillari yuzasidan qator suhbatlar uyuştirib, öquvçilar e'tiboriga havola etib kelayotgan Kun.uz’ning navbatdagi suhbatdoşi özbek adabiyotining taniqli vakillaridan biri, adib Murod Muhammad Döst böldi.

Adib bilan suhbatimiz özbek adabiyotining keçasi va buguni, adabiyotimizning qöşni xalqlar adabiyoti bilan aloqalari, jamiyatdagi muammolar xususida bordi.

- Murod aka, yozuvçi ruhiyatida sodir bölayotganlari heç qaçon boşqa kasb egasi ruhiyatida yuz bermaydi. Lekin gohida “Yozuvçi nimaga kerak özi?” degan savollar quloğimizga çalinadi. Biz turli kasb egalarining jamiyatda nega kerakligini aniq bilamiz. Quruvçi uy quradi, şifokor insonlarni davolaydi va h.k. Şundaylar borki, yozuvçining jamiyatga kerakligi haqida gapiradi, lekin nega kerakligini isbotlab berolmaydi. Sizning fikringiz qanday şu masalada? Keling, suhbatimizni şu savol bilan boşlasak: yozuvçi nega kerak?

- Avval savolning birinçi bandiga javob berişga harakat qilaman. Ayonki, hamma odamlar ham dunyoni birday yaxşi idrok qilolmaydi. Yozuvçilikka daxli bölmagan odam ham dunyoni juda çuqur, şoirona idrok qilişi mumkin. Örtadagi farq şundaki, yozuvçi yoki şoir, yoki rassom, yoki aktyor va yoinki rejissyor öşa özi his etgan tuyğularni qoğozda, matoda yoki ekranda yaxşiroq ifoda eta oladi. Bu – birinçidan. Adabiyotning kerak yoki nokerak ekanini til bilan boğlab tuşuntirsa böladi. Tilsiz adabiyot yöq, adabiyotsiz til yöq. Tilsiz millat ham yöq. Til odamlarni millat qilib birlaştiradi. Adabiyot bir tilda sözlaşadigan odamlar, millat özini tanib olişiga xizmat qiladi. Sartaroş soç qirtişlaş uçun, sovçi kelin topiş uçun kerak, degan gaplarni adabiyotga, san'atga, ya'niki nedir utilitar tuşunça, şunçaki naf tuşunçasi bilan yondoşib bölmaydi. 

- Mana şu turkum doirasida köpçilik ziyolilar bilan suhbatlar qilamiz va bu borada öquvçilar, tomoşabinlar öz fikrlarini bildirişadi. Fikrlardan şu narsani seziş mumkinki, ularni köproq qiziqtiradigan bir jihat bor: Siyosat. Ular adabiyot haqidagi suhbatlardan ham siyosiy mavzudagi fikrlarni kutişadi, ya'ni yozuvçini siyosatga ham tişi ötişi kerak deb hisoblaşadi. Bu masalaga qanday qaraysiz? Yozuvçining siyosiy mas'uliyati nimadan iborat?