Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda 5 ta sel-suv ombori quriladi
O‘zbekistonda sel-toshqin suvlaridan samarali foydalanish, suv ta’minotini yaxshilash va qo‘shimcha yer maydonlarini o‘zlashtirish maqsadida 2027 yildan boshlab 5 ta sel-suv ombori quriladi. Bu prezidentning “Sel-toshqin suvlaridan samarali foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.
Foto: Kun.uz
Qarorga muvofiq, Samarqand, Toshkent va Jizzax viloyatlarida yangi sel-suv omborlari barpo etiladi. Loyihalar orqali Samarqand viloyatida 7 ming gektar, Toshkent viloyatida 2 ming gektar va Jizzax viloyatida 300 gektar yerning suv ta’minotini yaxshilash rejalashtirilgan. Shuningdek, qo‘shimcha yangi yer maydonlari ham o‘zlashtiriladi.
Hujjatda sel-suv omborlarini qurish, suv zaxiralarini ko‘paytirish va infratuzilmani rivojlantirish ishlarini davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirish belgilangan. Ayrim loyihalar “Agrobank” ATB mablag‘lari hamda xususiy sektor ishtirokida moliyalashtiriladi.
Qarorda sel-suv omborlari atrofida turistik-rekreatsion zonalar tashkil etish, baliqchilikni rivojlantirish va qo‘shimcha daromad keltiruvchi faoliyatlarga ham ruxsat berilishi nazarda tutilgan.
Mavzuga oid
18:52 / 22.05.2026
Hafta oxirida O‘zbekistonning qator hududlarida sel kelishi mumkin
11:44 / 22.05.2026
“Talafotlar dron orqali o‘rganilyapti” – Navoiyda sel oqibatlari
18:48 / 21.05.2026
Navoiyda kuchli sel keldi. Talafotlar bor
19:41 / 20.05.2026