O‘zbekiston | 11:44
1600
2 daqiqa o‘qiladi

“Talafotlar dron orqali o‘rganilyapti” – Navoiyda sel oqibatlari

Xatirchi tumanida tezkor shtab tuzilib, 24 soatlik rejimda navbatchilik tashkil etilgan. Aholidan dam olish maqsadida tog‘li hududlarga vaqtincha chiqmay turish so‘ralmoqda.

Foto: Navoiy viloyati hokimligi

Navoiy viloyatida sel hodisasi oqibatlarini bartaraf etish maqsadida maxsus shtab tuzildi. Hozirda navbatchilik tashkil qilinib, ishlar olib borilmoqda.

Viloyatning 3 ta tumanidagi ayrim hududlarda sel keldi. Ayniqsa, Xatirchi tumanida talafotli bo‘ldi: soy o‘zaniga sig‘magan sel mashinalarni oqizib ketdi, uylarning tomorqalarigacha kirib borib, zarar yetkazdi.

Xususan, tumanning Qoracha, Quchchi, Langar, Angidon, Oltinsoy va Maydon mahallalarida evakuatsiya ishlari tashkil etilib, maxsus texnikalar jalb qilingan. Aholi xonadonlari va tomorqalarida to‘planib qolgan suv maxsus texnikalarda tortib olinyapti.

Kechaning o‘zida ishlar boshlandi. Viloyatdan qo‘shimcha kuchlar jalb etildi. Sel oqibatlarini bartaraf etish maqsadida maxsus texnikalar ishlayapti. Buzilgan yo‘l va ko‘priklar tez fursatda tiklanadi. Ishlar shaxsan viloyat hokimi nazoratida. Dron orqali talafotlar aniqlanyapti”, deydi hokimlik matbuot kotibi.

Xatirchi tumani hokimi Umid Adizov aholiga murojaat bilan chiqib, sel oqibatlarini bartaraf etishda birlashishga chaqirdi. Hokimning bildirishicha, sel kelish xavfi bo‘lgan har bir mahallaga tegishli mas’ullar biriktirilgan.

21 may kuni Xatirchi tumanida kuchli sel kelib, 4 ta soy yaqinida yashovchi aholi vaqtinchalik xavfsiz hududga ko‘chirilgandi.  

Руслан Сабуров
Tayyorlagan Руслан Сабуров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid