O‘zbekiston | 17:03 / 16.08.2018
26616
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Rossiyada migrantlar soni bo‘yicha 2-o‘rinni egallaydi

Foto: TASS

O‘zbekiston respublikadan Rossiyaga ko‘chib kelgan fuqarolarning soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi, deya xabar beradi RIA Novosti.

Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining migratsiya boshqarmasi axborot-tahlil bo‘limi bosh mutaxassisi Aleksandr Perejinning ta'kidlashicha, ayni paytda Rossiyada 10 milliondan ortiq xorijlik fuqarolar bor.

Ilk uchlikka Ukraina, O‘zbekiston (taxminan 20%) va Tojikiston (11,3%) fuqarolari kiradi. Rossiyadagi xorijliklarning umumiy sonidan MDH mamlakatlaridan kelganlarning ulushi 85 foizni tashkil qiladi, xitoyliklar ulushi - deyarli 3 foiz. Yevropa ittifoqi mamlakatlari hissasiga 4,6 foiz to‘g‘ri keladi.

Bugungi kunda Rossiya - o‘zbekistonliklar uchun eng katta mehnat bozori. Rossiya Ichki ishlar vazirligining hisob-kitoblariga ko‘ra, 2017 yilda O‘zbekistonning 3,1 milliondan ortiq fuqarosi migratsion ro‘yxatga qo‘yildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid