Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya bozorida arman mahsulotlariga taqiqlar kuchaymoqda
Rossiya nazorat idoralari Armanistondan olib kiriladigan bir qator mahsulotlarga cheklov joriy qildi. Gullar importi taqiqlanganidan so‘ng, meva-sabzavot mahsulotlari va “Jyermuk” mineral suvi bilan bog‘liq muammolar ham yuzaga keldi.
Foto: AP
Rosselxoznadzor rahbari Sergey Dankvertning ma’lum qilishicha, Rossiya Armanistondan kelayotgan meva va sabzavot mahsulotlarini tekshirishni boshlagan. Shu bilan birga, “fitosanitar xavfsizlikni ta’minlash” maqsadida arman gullari importi ham to‘xtatilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomoni mahsulot xavfsizligi bo‘yicha kafolatlar to‘liq bajarilishini talab qilmoqda. Rossiya inspektorlarining Armanistonga tashrifi yakunlariga ko‘ra, gul mahsulotlari importi bo‘yicha keyingi qaror qabul qilinadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yil may–noyabr oylarida Armaniston Rossiyaga 40 million yevrodan ortiq mevalar va 50 million yevrodan ziyod sabzavot eksport qilgan.
Shu bilan birga, Rossiyaning Rospotrebnadzor idorasi Armanistonda ishlab chiqarilgan “Jyermuk” mineral suvini import qilish va sotishni ham taqiqladi. Idora ma’lumotiga ko‘ra, suv tarkibida gidrokarbonat, xlorid va sulfat miqdori me’yordan yuqori ekani aniqlangan.
Bu “Jyermuk” suviga nisbatan birinchi cheklov emas. Aprel oyida ham xuddi shu sabab bilan ayrim partiyalar importi taqiqlangan edi.
OAV ta’kidlashicha, Rossiya so‘nggi yillarda munosabatlari yomonlashgan davlatlarga nisbatan oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar importi bo‘yicha cheklovlarni tez-tez qo‘llab keladi. Ayni paytda Moskva va Yerevan o‘rtasida Armaniston hukumatining G‘arbga yaqinlashuv siyosati ortidan kelishmovchiliklar kuchaygan.
Mavzuga oid
23:05 / 22.05.2026
Rubio AQShning Rossiya va Ukraina bilan muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirib qolganini aytdi
20:22 / 22.05.2026
Putinning reytingi pasayishda davom etmoqda
17:04 / 22.05.2026
Shavkat Mirziyoyev telefon orqali Vladimir Putin bilan muloqot qildi
09:11 / 22.05.2026