Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning Kiyevdagi elchixonasi Ukrainaga keng ko‘lamli hujum bo‘lishi haqida ogohlantirdi
Elchixona AQSh fuqarolariga trevoga e’lon qilinganda darhol xavfsiz joyga yashirinish, suv, oziq-ovqat va dori-darmon zaxirasini saqlab qo‘yish kabi tavsiyalarni bergan.
AQShning Kiyevdagi elchixonasi Rossiya yaqin 24 soat ichida Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli hujum uyushtirishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Bu haqda RBK-Ukraina xabar bermoqda.
“AQShning Kiyevdagi elchixonasi yaqin 24 soat ichida istalgan vaqtda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy jiddiy havo hujumi haqida ma’lumot oldi. Elchixona AQSh fuqarolariga havo trevogasi e’lon qilingan taqdirda zudlik bilan boshpanalarga kirishga tayyor bo‘lishni tavsiya qilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, elchixona o‘z fuqarolariga havo trevogasidan oldin boshpanalar joylashuvini aniqlab olish, telefonga havo trevogasi haqida ogohlantiruvchi ilovani yuklab olish, trevoga e’lon qilinganda darhol xavfsiz joyga yashirinish, suv, oziq-ovqat va dori-darmon zaxirasini saqlab qo‘yish kabi tavsiyalarni bergan.
Avvalroq Ukraina dronlari Rossiyaning yirik neft zavodiga zarba bergani haqida xabar qilingandi.
Mavzuga oid
22:14 / 08.07.2026
«Bu Putinga aniq ishora» - NATO yangi raketa tizimi uchun 50 mlrd dollar ajratadi
21:27 / 08.07.2026
Tramp Ukrainaning Rossiya ichkarisiga bergan zarbalarini qo‘llab-quvvatladi
18:43 / 08.07.2026
Rossiyada chet el fuqarolarining yashashi qoidalarini kuchaytiradigan qonun qabul qilindi
10:10 / 08.07.2026