Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubayda bosh oshpaz rolini sun’iy intellekt bajaradigan restoran ochiladi
WooHoo nomli restoranda taomlarni odamlar tayyorlaydi, ammo qolgan barcha ishlar, xizmat ko‘rsatish va menyu Chef Aiman til modeli tomonidan ishlab chiqiladi.
Foto: Reuters
Sentyabr oyida Dubaydagi Burj-Xalifa osmono‘par binosi oldida menyusi sun’iy intellekt tomonidan taqdim etiladigan restoran ochiladi, deb yozmoqda Reuters.
WooHoo nomli umumiy ovqatlanish muassasasi o‘zini «kelajak restorani» sifatida taqdim etmoqda. Avvaliga u yerdagi taomlarni odamlar tayyorlaydi, ammo qolgan barcha ishlar, muhit, xizmat ko‘rsatish va menyu Chef Aiman til modeli tomonidan ishlab chiqiladi. Neyrotarmoq menyuni yaratish uchun minglab retseptlar, gastronomik tadqiqotlar va mahsulotlar tarkibini o‘rgangan hamda tahlil qilib chiqqan.
Sun’iy intellekt taomni tatib ko‘ra olmaydi, ammo u oshxonani tarkibiy qismlarga ajratishga, mahsulotlarning kislotaliligini hisobga olishga, ularni noodatiy lazzat uyg‘unliklarida birlashtirishga va boshqa ko‘plab vazifalarga qodir. Chef Aiman tomonidan yaratilgan prototiplar dubaylik mashhur oshpaz Reyf Otman rahbarligida ta’mini baholovchi va ularga tuzatish kiruvchi insonlar tomonidan takomillashtiriladi.
Loyiha mualliflarining ta’kidlashicha, til modelini pazandalik sohasiga joriy etish oshpazlarga yordam berish, kreativlikni rivojlantirish maqsadida amalga oshiriladi — bu insonlarni sohadan siqib chiqarishga qaratilmagan. Chef Aiman, shuningdek, restoranlarda tez-tez tashlab yuboriladigan mahsulotlardan yana foydalanish mumkin bo‘lgan retseptlarni ishlab chiqadi. Bu umumiy ovqatlanish muassasalarining yanada ekologikligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
13:12 / 03.01.2026
«Besh million sun’iy intellekt yetakchilari»: eng yaxshi maktablar elektromobil oladi
18:56 / 02.01.2026
Instagram rahbari: internetdagi surat va videolarga endi so‘zsiz ishonib bo‘lmaydi
12:03 / 31.12.2025
Tibbiyotda 20 ta sun’iy intellekt loyihasi ishga tushiriladi
20:18 / 26.12.2025