O‘zbekiston | 10:13 / 20.03.2019
11694
8 daqiqa o‘qiladi

Vazirlar Mahkamasi apparatining Kadrlar bo‘limi asosiy vazifalari belgilandi

Foto: AFP

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Kadrlar bo‘limi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Kadrlar bo‘limi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Kadrlar bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining funksional tarkibiy bo‘limi hisoblanadi va Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda kadrlarni sifatli tanlash va joy-joyiga qo‘yishni tashkil etish, Vazirlar Mahkamasi apparatida kadrlar zaxirasini shakllantirish va tayyorlashni ta'minlaydi.

Bo‘lim o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining bosh vaziriga bo‘ysunadi, ayni vaqtda uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.

Quyidagilar Bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi:

a) Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining topshirig‘iga muvofiq davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbar xodimlarini tasdiqlangan nomenklaturaga muvofiq lavozimga tayinlash hamda lavozimdan ozod etish masalalari to‘g‘risida hujjatlar loyihalarini tayyorlash;

b) Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda:

Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalarini talab etilgan mutaxassislik, malaka va ish tajribasiga ega bo‘lgan mas'ul hamda texnik xodimlar bilan o‘z vaqtida va sifatli to‘ldirish, shuningdek, ushbu muvofiq sxema bo‘yicha ular bilan alohida suhbatlashish va ularni attestatsiyadan o‘tkazish;

Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari mas'ul xodimlari lavozimlariga kadrlar zaxirasini shakllantirish va tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish, muvofiq sxema bo‘yicha uning tarkibini muntazam ravishda yangilab borish;

Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va mutaxassislari lavozimlariga kadrlar zaxirasi bilan ishlash monitoringini olib borish;

Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlarining kasbiy saviyasi va malakasini oshirish, shuningdek, ularni qayta tayyorlash bo‘yicha takliflar tayyorlash;

Vazirlar Mahkamasi apparatining mas'ul va texnik xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularning kasbiy saviyasi hamda ishchanlik malakasini baholash;

Vazirlar Mahkamasi apparatining mas'ul xodimlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va markaziy apparatlari mutaxassislarining sifatli tarkibini tahlil qilish;

Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalarida, shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti nomenklaturasiga kiradigan yoki O‘zbekiston Respublikasi prezidenti yoxud O‘zbekiston Respublikasi prezidentining maslahatchilari bilan belgilangan tartibda kelishiladigan lavozimlar bo‘yicha vakant lavozimlarni tahlil qilish;

v) Vazirlar Mahkamasi apparati shaxsiy tarkibining hisobini yuritish, Vazirlar Mahkamasi apparatining xodimlarini hisobga olish hujjatlarini muntazam yangilab borish va to‘ldirish, O‘zbekiston Respublikasining bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari, va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi va uning o‘rinbosarlarini kadrlar masalalari bo‘yicha zarur axborot hamda ma'lumotlar bilan ta'minlash.

Bo‘lim o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

xodimlarni tanlash, kelishish, o‘rganish va Vazirlar Mahkamasi Rayosatiga tasdiqlash uchun kiritishda ishga qabul qilinadigan yangi xodimlar bo‘yicha tegishli hujjatlar tayyorlanishi va rasmiylashtirilishini tashkil etadi;

Vazirlar Mahkamasi apparatining mas'ul xodimlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari markaziy apparatlari mas'ul xodimlarining sifat tarkibi tahlil etilishini tashkil etadi;

Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalarida, shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti nomenklaturasiga kiradigan yoki O‘zbekiston Respublikasi prezidenti yoxud O‘zbekiston Respublikasi prezidentining maslahatchilari bilan belgilangan tartibda kelishiladigan vakant lavozimlar bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlaydi;

O‘zbekiston Respublikasining bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilariga, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi va uning o‘rinbosarlariga Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlik lavozimlari va mutaxassislari lavozimlari uchun kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar monitoringi natijalari to‘g‘risida axborot kiritadi;

Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlik lavozimlari va mutaxassislari lavozimlari uchun kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlarning Vazirlar Mahkamasi apparatida stajirovka o‘tashini tashkil etadi;

kadrlarni tegishli lavozimlarga tavsiya qilish masalalari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;

Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda xodimlarning mutasaddilik qilinadigan tarmoqlar masalalari yuzasidan xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan seminarlar va tadbirlarda ishtirok etishini tashkil etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;

xodimlarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etishda tegishli farmoyish hujjatlarini (qarorlar, farmoyishlar, buyruqlar) belgilangan tartibda tayyorlaydi;

Vazirlar Mahkamasi apparatining kadrlar tarkibi to‘g‘risida tahliliy materiallar va ularning sifatini yaxshilashga doir takliflar tayyorlaydi;

Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari mas'ul xodimlari rotatsiyasi to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga belgilangan tartibda takliflar kiritadi;

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi bilan bitiruvchilarni Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga taqsimlashni tahlil qilish va rejalashtirish masalalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qiladi:

kadrlar salohiyatining kasbiy saviyasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, zamonaviy uslublardan foydalangan holda jamoada qulay ma'naviy-ruhiy muhitni shakllantirish masalalari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari uchun treninglarni tashkil etadi;

Vazirlar Mahkamasi apparatida kadrlar hisobini yuritadi, ushbu masala yuzasidan zarur axborotni tayyorlaydi va Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga taqdim etadi;

Vazirlar Mahkamasi apparatining xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazishni va ularning kasbiy saviyasini baholashni tashkil etadi, attestatsiya komissiyalari qarorlarini bajarish tadbirlarini ishlab chiqadi, ularning bajarilishini nazorat qiladi;

Vazirlar Mahkamasi apparatining xodimlariga taalluqli tushadigan xatlar va murojaatlarni ko‘rib chiqishda ishtirok etadi;

Vazirlar Mahkamasi apparatining xodimlarini O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlari bilan mukofotlashga taqdim etish uchun hujjatlar tayyorlaydi, mukofotlar, rag‘batlantirish va jazo choralari hisobini yuritadi;

Vazirlar Mahkamasi apparatining xodimlariga pensiya tayinlash uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtiradi;

ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat boshqa organlari va tashkilotlarining rahbar xodimlari hamda Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlarining xizmat guvohnomalarini rasmiylashtiradi, topshiradi va hisobini yuritadi.

Bo‘lim unga yuklangan boshqa vazifalarni ham belgilangan tartibda amalga oshiradi.

Mavzuga oid