Vazirlik va idoralar öz vakolati doirasida, Vazirlar Mahkamasi yoki prezidentning körsatmalarini kutmasdan mustaqil ravişda me’yoriy hujjatlarni qabul qilişi mumkin böladi. Bu haqda adliya vaziri Akbar Toşqulov «Özbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning aytişiça, bugungi kunda Vazirlar Mahkamasida köplab me’yoriy hujjatlar qabul qilinmoqda, ularni işlab çiqiş va ijro etişda vazirlik va idoralarning roli past. «Demak, [ularning] mas’uliyati ham past böladi», dedi Toşqulov.

Ta’kidlanişiça, prezident farmoni bilan öz sohasida davlat siyosatini amalga oşiruvçi vazirlik va idoralarga idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiliş huquqi beriladi.

«Vazirlik va idoralarning mas’uliyati öz sohasi böyiça oşirilyapti. Ya’ni ularga hukumat qarori, prezident qarorini kutmasdan turib, öz sohasi uçun qaror qabul qiliş vakolati berilyapti. Bu hukumatning 30 foiz işini yengillaştiradi», dedi vazir.

Toşqulov sözlariga köra, vakolatlar taqsimlanadigan aniq yönalişlar belgilangan.

«Vazirlar qaysi sohada qarorni özi qabul qiladi, qaysi sohada hukumat qabul qiladi, qaysi sohada qonunlar bilan qabul qiladi. Bu, öz navbatida, vazirlarning öz yönalişi böyiça siyosatni rivojlantirişga xizmat qiladi», deb qöşimça qildi u.

Bunday hujjatlarni qabul qiliş va davlat röyxatidan ötkaziş tartib-taomillarini soddalaştiriş, muddatlarini esa ikki baravar qisqartiriş rejalaştirilmoqda.