Vazirlar Mahkamasining «Sea Breeze Uzbekistan» umummavsumiy kurort majmuasini barpo etiş böyiça yirik investitsiya loyihasini amalga oşiriş çora tadbirlari töğrisidagi qarori e’lon qilindi.

Qarorga köra, kurort hududida atrof-muhit holati, jumladan, suv sifati ustidan davlat organlari tomonidan doimiy nazorat örnatiladi.

Yaşil maydonlar ekologik va estetik qiymati darajasiga köra tasniflanadi va eng muhim namunalarga nisbatan kesiş emas, balki köçirib ötkaziş çoralari köriladi.

Boş prokuratura kurort hududida barça şaharsozlik va ekologik me’yorlarga rioya etilişini alohida nazoratga oladi.

Ozarboyjonning «Agalarov Development» MÇJ hamda uning qöşma korxonasi tomonidan Toşkent viloyati Böstonliq tumanidagi 577 gektar maydonda «Sea Breeze Uzbekistan» majmuasini quriş böyiça Respublika işçi guruhi tuzildi.

Foto: Hukumat qaroridan köçirma

Uşbu majmuaning qiymati 5 mlrd AQŞ dollarini taşkil etadi. Tanlangan loyiha hududni rivojlantiriş, xizmat körsatiş sifatini oşiriş va mahalliy aholi uçun yangi iş örinlari yaratişga xizmat qiladigan zamonaviy turizm infratuzilmasini yaratişni nazarda tutadi.

«Sea Breeze Uzbekistan» tasdiqlangan loyihani amalga oşiriş doirasida bir qator majburiyatlarni öz zimmasiga oladi. Kurort majmuasini qurişga kirişişdan oldin barça loyiha yeçimlari vakolatli davlat organlari bilan kelişilişi lozim.

Bundan taşqari, kurort hududida iste’molçilarga körsatiladigan kommunal xizmatlar tariflari Vazirlar Mahkamasi bilan kelişilgan holda belgilanadi. Kompaniya öz faoliyatida turizm infratuzilmasini rivojlantiriş, barqaror qurilişning ekologik talablari va standartlariga rioya qiliş böyiça ilğor xorijiy tajribaga tayanadi.

«Sea Breeze Uzbekistan» loyihasini amalga oşirişda xususiy mulk bölgan obektlar uçun amaldagi qonunçilikka muvofiq kompensatsiya tölanadi.

Qarorda loyihaning amalga oşirilişi davlat organlari tomonidan nazoratga olinişi belgilangan. Boş prokuratura kurort hududida barça şaharsozlik va ekologik me’yorlarga rioya etilişini alohida nazoratga oladi.

Loyihani ekologik talablarga rioya qilgan holda amalga oşiriş, şu jumladan, loyihani amalga oşiriş davrida va loyiha işga tuşgandan keyin çiqindi hamda oqova suvlarining Çorvoq suv ombori va Çirçiq daryosiga taşlanişiga yöl qöymaslik,