Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada teraktni tayyorlayotgan «markaziy osiyoliklar» yo‘q qilingani xabar berildi
Ta’kidlanishicha, yo‘q qilingan migrantlar «Rossiya Federatsiyasida taqiqlangan xalqaro terrorchilik tashkiloti mafkurasi tarafdorlari»dir.
Foto: Videodan kadr
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) xodimlari Nijniy Novgorod viloyatidagi neft-kimyo zavodida teraktning oldini oldi. Uni Markaziy Osiyodan kelgan ikki kishi tayyorlayotgan edi. Ular qo‘lga olishga urinish chog‘ida yo‘q qilindi, deb xabar berdi TASS.
O‘ldirilgan xorijliklar mintaqaning qaysi davlatidan ekani ma’lum qilinmagan.
Xabarga ko‘ra, yo‘q qilingan migrantlar «Rossiya Federatsiyasida taqiqlangan xalqaro terrorchilik tashkiloti mafkurasi tarafdorlari»dir.
«Ukraina kuratorining ko‘rsatmasi bo‘yicha chet el fuqarolari mintaqadagi neft-kimyo korxonalaridan birida qo‘poruvchilik va terrorchilik harakatini amalga oshirish uchun portlovchi moslamalari bo‘lgan FPV dronlaridan foydalanmoqchi bo‘lgan. Qo‘lga olish chog‘ida ular qurolli qarshilik ko‘rsatdi va javob o‘qlari bilan zararsizlantirildi», deyiladi FXX xabarida.
Hodisa joyida xorijda ishlab chiqarilgan portlovchi kallaklari bo‘lgan ikkita dron, Kalashnikov avtomati va Makarov to‘pponchasi topildi. Migrantlarning telefonlarida kurator bilan yozishmalar, shuningdek, «dron va o‘qotar qurollar saqlanayotgan maxfiy joy koordinatalari» topildi, deyiladi xabarda.
FXX Tergov boshqarmasi qo‘poruvchilikka tayyorgarlik ko‘rish fakti bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi.
Mavzuga oid
22:26 / 19.02.2026
Rossiyada ishlayotgan migrantlar uchun qo‘shimcha to‘lovlar joriy etilishi mumkin
22:48 / 17.02.2026
Ukrainadagi mehnat migrantlari orasida o‘zbekistonliklar ko‘pligi ma’lum bo‘ldi
21:43 / 16.02.2026
Rossiyada «Krokus» terakti ishi bo‘yicha 15 nafar sudlanuvchiga umrbod qamoq jazosi so‘raldi
08:45 / 11.02.2026