Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda sharmanda qiladigan uydirmalar bilan bog‘liq huquqbuzarlik uchun javobgarlik belgilanadi
Jinoyat kodeksida shaxsni sharmanda qiladigan uydirmalar bilan bog‘liq huquqbuzarlik uchun ham javobgarlik belgilanmoqda.
Senatning qirq yettinchi yalpi majlisida «Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun senatorlar tomonidan muhokama qilindi.
Ta’kidlanishicha, mobil qurilmalar hamda ijtimoiy tarmoq va messenjerlardagi akkaunt yoki kanallarga zararli dastur yuborish yo‘li bilan bloklab (to‘sib) qo‘yish, ma’lumotlarini o‘chirib yuborish, o‘zgartirish yoki olib qo‘yish bilan qo‘rqitib shaxslardan pul yoki boshqa moddiy manfaatdorlik talab qilish holatlari kuzatilmoqda.
Shuningdek, maxsus dasturlar yordamida shaxslarning fotosurati, ovozi va boshqa biometrik ma’lumotlarini soxtalashtirish holatlari ham uchramoqda.
Shu bois, Jinoyat kodeksidagi (165-modda) tovlamachilik tushunchasiga o‘zgartirish kiritilib, sharmanda qiladigan uydirmalar bilan bog‘liq huquqbuzarlik uchun ham javobgarlik belgilanmoqda.
Bunda, Jinoyat kodeksining 165-moddasi birinchi qismiga «mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilish yoxud» degan so‘zlardan keyin «jabrlanuvchining axborot resursini yo‘q qilish, o‘zgartirish, olib qo‘yish yoki to‘sib qo‘yish yoxud uni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish bilan qo‘rqitib» degan so‘zlar bilan to‘ldirilmoqda.
Ushbu modda bilan aybdor deb topilgan shaxslar uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Mavzuga oid
15:07 / 28.01.2026
Toshkentda ekohuquqbuzarliklarni qayd etuvchi 6 ta kamera ishga tushdi
12:08 / 14.01.2026
102 ga qo‘ng‘iroq qilib, “Trampga chora ko‘rishni” so‘ragan fuqaro ma’muriy jazoga tortildi
16:36 / 14.11.2025
Chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlash bo‘yicha qariyb 10 ming holat aniqlandi
12:45 / 19.09.2025