Toşkentda 102 ga qönğiroq qilib, Donald Tramga çora körişni söragan fuqaro ma’muriy jazoga tortildi.
Kun.uz tanişgan sud qarorida keltirilişiça, 1988 yilda Andijon viloyatida tuğilgan A.K. 6 yanvar kuni mast holatda Toşkent şahar IIBBning 102 raqamiga qönğiroq qilgan. U öz murojaatida “AQŞ prezidenti Donald Trampga çora körişni” sörab, özi Oq uyda yaşab kelişi haqida xabar bergan. Internetda tarqalgan audioga köra, A.K. Donald Trampga Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni olib ketgani uçun çora körişni söragan.
Huquqbuzar holat böyiça suriştiruv işlarini olib boriş uçun borgan içki işlar hodimlarining IIB binosiga boriş haqidagi qonuniy talablarini bajarmaganligi ham aniqlangan.
A.K. sudda aybiga iqrorlik bildirgan va öşa kuni mast bölganini aytgan.
“102 ga qönğiroq qilib, yolğon xabar berdim. Özim nima deb murojaat qilganimni eslolmayman. Mast holatda edim. Oqibatini tuşunmasdan xabar berdim. Içki işlar xodimlarining qonuniy talablarini bajardim. Qilgan işimdan puşaymonman”, degan u sudda.
A.K. kelgusida bunday holatni boşqa takrorlamasligini bildirib, suddan yengilroq jazo tayinlaşni söragan.
JIB Bektemir tuman sudining 2026 yil 7 yanvardagi qarori bilan A.K. Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 199-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik, ya’ni maxsus xizmatlarni qasddan aldab çaqirganlikda aybli deb topilgan. Unga BHMning 3 baravari – 1 mln 236 ming söm jarima jazosi tayinlangan.












