Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ekohuquqbuzarliklarni qayd etuvchi 6 ta kamera ishga tushdi
Toshkent shahrida ekologik huquqbuzarliklarning oldini olish va ularni tezkor aniqlash maqsadida Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tomonidan 6 ta onlayn kuzatuv kamerasi o‘rnatilib, foydalanishga topshirildi.
Foto: Chiqindilarni boshqarish agentligi
Toshkent shahrida atrof-muhitga zarar yetkazuvchi holatlarni barvaqt aniqlash hamda belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash kabi qonunbuzarliklarga qarshi kurashish maqsadida 6 ta onlayn kuzatuv kamerasi ishga tushirildi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu kameralar quyidagi manzillarga o‘rnatilgan:
- Olmazor tumani — Chimboy mahallasi;
- Chilonzor tumani — 16-mavze Zarqo‘rg‘on, 8-mavze Diyor;
- Yangihayot tumani — Fayzli mahallasi;
- Sergeli tumani — Sadoqat mahallasi;
- Yunusobod tumani — Hamkorobod mahallasi.
Qayd etilishicha, kameralar atrof-muhitni 360 darajada kuzatib, tasvirga olish imkoniyatiga ega. Bu esa belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash, ifloslantirish holatlari va boshqa turdagi ekologik huquqbuzarliklarni tezkor aniqlash, qayd etish hamda tegishli choralarni ko‘rishga xizmat qiladi.


Mavzuga oid
11:42 / 18.03.2026
O‘zi sodir etgan huquqbuzarlikni internetga tarqatganlik uchun javobgarlik kiritilmoqda
10:15 / 12.03.2026
Toshkent ko‘chalarida “Gelik”ni katta tezlikda boshqargan shaxslar 15 sutkaga qamaldi
16:28 / 10.03.2026
Chegirma evaziga sukutmi? Jarima imtiyozi va shikoyat huquqi o‘rtasidagi ziddiyat
16:48 / 24.02.2026