Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat ulushi bor bozorlar va savdo komplekslari zamonaviy ko‘rinishga keltiriladi
«Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident farmoni imzolandi.
Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati
Farmonga asosan, uch oy muddatda bozor va savdo komplekslari boshqaruv tizimini takomillashtirish va ularni bosqichma-bosqich xususiylashtirish bo‘yicha qaror loyihasi ishlab chiqiladi.
Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:
- bozorlar va savdo komplekslari ahamiyatidan kelib chiqqan holda, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va uning hududiy boshqarmalari qoshida bozor va savdo komplekslarini sotishdan oldin tayyorlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha boshqaruv kompaniyalarini tashkil etish;
- ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda, ustav kapitalida davlat ulushi mavjud bo‘lgan bozor va savdo komplekslarini zamonaviy ko‘rinishga keltirish, sanitariya-gigiyena talablari darajasida saqlash, bozor faoliyati uchun zarur infratuzilmani shakllantirish;
- bozor va savdo komplekslaridagi xususiy mulk egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlari hamda xususiy mulk daxlsizligini ta'minlash.
Hujjat bilan, davlat unitar korxonalari xo‘jalik jamiyatlariga o‘zgartirilgan holda, ularning davlat aksiya paketini sotish ham belgilandi.
Davlat aktivlarini sotib oluvchilar to‘lovlarni qonunchilikda belgilangan tartibda bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti asosida amalga oshirishi mumkin.
Davlat obektlarini «nol» xarid qiymatida sotish amaliyoti bekor qilinadi va ular o‘z vakolati doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar Kengashiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari hamda Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha davlat komissiyasining qarorlariga asosan investitsiya hamda ijtimoiy majburiyatlar asosida «1 so‘m» boshlang‘ich qiymatda ommaviy savdolarga chiqariladi.
Mavzuga oid
09:01 / 09.04.2026
Poytaxtdagi uch bozorning ayrim bloklari vaqtincha yopildi
16:12 / 06.04.2026
Toshkentda bozor qorovullari itlar ustiga mashina haydadi
08:53 / 03.04.2026
80 mln so‘m talab qilgan bozor rahbari ushlandi
11:37 / 13.03.2026