8 aprel kuni Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boş boşqarmasi xodimlari tomonidan poytaxtdagi uçta bozorda rejali tekşiruvlar ötkazildi. Jumladan, Yaşnobod tumanidagi “Aviasozlar” dehqon bozori, Şayxontohur tumanidagi dehqon bozori hamda Çilonzor tumanidagi buyum bozori közdan keçirildi.

Tekşiruvlar davomida mazkur bozorlarning ayrim hududlarida yonğin xavfsizligi qoidalarining qöpol ravişda buzilganligi aniqlandi.

Şu munosabat bilan, aniqlangan kamçiliklar bartaraf etilgunga qadar bozorlarning ayrim bloklari tegişli hujjatlar asosida vaqtinçalik yopildi.

Mas’ul idoralar tomonidan xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etiş zarurligi yana bir bor ta’kidlandi.