Sport | 22:14 / 19.09.2016
10374
2 daqiqa o‘qiladi

Xakerlar tomonidan WADA ma'lumotlar bazasidan olingan hujjatlarning 4-qismi chop etildi

Fancy Bears xakerlik guruhi 19 sentabrda Butunjahon aksildoping agentligi (WADA) ma'lumotlar bazasiga buzib kirish oqibatida olingan hujjatlarning 4-qismini chop etdi.

Ro‘yxatda WADA’dan davolash maqsadlarida taqiqlovchi moddalarni qo‘llashga ruxsat olgan sportchilar ismi keltirilgan. Xususan, ro‘yxatda ispaniyalik tennischi, jahonning sobiq birinchi raqamli tennischisi Rafael Nadal, kelib chiqishi somalilik bo‘lgan britaniyalik yuguruvchi, 4 karra Olimpiya chempioni Muhammad Farah, vengriyalik suzuvchi, 6 karra Olimpiada sovrindori Laslo Chex nomlari bor.

Hujjatlarga ko‘ra, Nadalga 2009 yilda betametazon, 2012 yilda esa kortikotropin iste'mol qilishga ruxsat berilgan. 2008 yilda Farahga triamtsinolon, 2014 yilda esa birdaniga bir nechta taqiqlangan modda, jumladan morfin va vikodin, Chexga esa 2011 yil formoterol qabul qilishga ruxsat berilgan.

Ro‘yxatdan, shuningdek Lukas Martin Rey, Fakundo Kallioni (Argentina, chim ustida xokkey), Loik Lyupaer (Belgiya, chim ustida xokkey), Fransina Niyonsaba (Burundi, yengil atletika), Kristin Sinkler, Melissa Tankredi, Rian Uilkinson, Sofi Shmidt (Kanada, futbol), Kasper Mortensen (Daniya, gandbol), Niklas Larsen (Daniya, velosport), Dimitri Basku (Fransiya, yengil atletika), Gote Gryume (Fransiya, qilichbozlik), bir qator britaniyalik sportchilar — Aleksandra Denson, Krista Kallen, Samanta Kuek (chim ustida xokkey), Kallum Skinner (velosport), Xelen Glover (eshkak eshish), Jastin Rouz, Piter Rid (golf), AQSh vakillari – Ariana Vashington (yengil atletika), Breydi Ellison (qamondan o‘q uzish), Konnor Yyeger (suzish) va Lori Ernandes (sport gimnastikasi) kabi sportchilarning nomi o‘rin olgan. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid