CAS bayonotida qayd etilişiça, xalqaro arbitraj sudi cudyalari Butunjahon antidoping agentligining qarori haqqoniyligini qayd etgan bölişsa-da, Rossiya sportiga nisbatan sanksiyalar e'lon qilingan muddatning teng yarmiga qadar qisqartirildi. Şunday qilib, rossiyalik sportçilar 2022 yilning 16 dekabr sanasigaça yirik xalqaro musobaqalarda mamlakat bayroği ostida iştirok eta olişmaydi. Sportçilar olimpiya bayroği ostida qatnaşişi mumkin böladi.

Bundan taşqari, CAS qaroriga köra, rossiyalik rasmiy şaxslar e'lon qilingan sanksiya muddati yakuniga qadar xalqaro sport federatsiyalarida rahbarlik lavozimini egallay olişmaydi.
Eslatib ötamiz, WADA 2019 yilning 9 dekabr kuni Rossiya sportiga nisbatan 4 yillik sanksiyalarni e'lon qilgandi. Bunga Rossiya tomonidan ketma-ket doping qoidabuzarliklariga yöl qöyilişi, Moskva aksildoping laboratoriyasi ma'lumotlari soxtalaştirilişi sabab bölgandi.








