Jahon | 01:13 / 30.06.2018
5148
2 daqiqa o‘qiladi

Kanada bojlar kiritiladigan AQSh mahsulotlari ro‘yxatini e'lon qildi 

Foto: AFP 2018 / Lars Hagberg

Kanada moliya vazirligi bojlar kiritiladigan AQSh mahsulotlari ro‘yxatini e'lon qildi.  

Ushbu choralar AQSh prezidenti Donald Trampning import qilinuvchi po‘lat va alyuminiyga 25 va 10 foiz boj kiritish qaroriga javob chora hisoblanadi. Kanadaning bu choralari AQShdan import qilinuvchi 12,6 mlrd dollarlik mahsulotlarni qamrab oladi. 

Importning yirik bandlariga bojlar kiritgan Trampdan farqli, Kanada aniqroq harakat qilishga qaror qildi. 25 foiz boj solinadigan AQSh mahsulotlari ro‘yxatiga 44 ta turdagi, 10 foiz boj solinadiganiga esa 84 ta turdagi mahsulot kirgan.

25 foiz boj solinadigan mahsulotlar ro‘yxatiga temir, po‘lat, quvurlar, relslar, sim va boshqalar kiritilgan. 10 foizlik boj esa oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan yogurt, qahva, qulupnay jyemi, xantal, mayonez, sho‘rvalar, shokolad, go‘shtdan tayyorlangan tayyor tushliklar, idish-tovoq, qog‘oz mahsulotlar, uxlash qopchalari va pivo uchun bochkalarga kiritiladi. Shuningdek, bu toifaga alyuminiydan tayyorlanadigan ko‘plab mahsulotlar kiradi.  

Bojlar 1 iyuldan kiritiladi.

Mavzuga oid