Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ma'muriy bayonnomani tuzishda hujjatlar to‘plami talab etiladi
Joriy yilning 1 aprelidan ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani tuzishda hujjatlar paketini yig‘ish talab etiladi. 29.01.2018 yildagi O‘RQ–463-son Qonun bilan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga shunday qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Norma.uz yozmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bayonnoma barcha ma'muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha tuziladi, MJTKning 283-moddasida ko‘rsatilganlari (piyodalar va yo‘lovchilar tomonidan YHQning buzilishi) bundan mustasno. Unda quyidagilar ko‘rsatiladi:
• bayonnoma tuzilgan sana va joy;
• bayonnomani tuzgan shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi;
• huquqbuzarning shaxsiga oid ma'lumotlar;
• ma'muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joy, vaqt va bu huquqbuzarlikning mohiyati;
• ana shunday huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normativ hujjat;
• agar guvohlar va jabrlanuvchilar bo‘lsa, ularning familiyalari va yashash manzillari;
• huquqbuzarning tushuntirishi;
• agar moddiy zarar yetkazilgan bo‘lsa, buning dalili;
• ishni hal qilish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma'lumotlar.
Hujjat uni tuzgan mansabdor shaxs va ma'muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs tomonidan imzolanadi, guvohlar va jabrlanuvchilar bo‘lgan taqdirda esa - mazkur shaxslar tomonidan ham imzolanadi.
Endi bayonnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi (mansabdor shaxs tomonidan yig‘iladi):

Shu tariqa, barcha toifadagi ishlar bo‘yicha shaxsini tasdiqlovchi hujjatdan nusxa ko‘chirish va alohida tushuntirish yozish talab etiladi. Bu, fikrimizcha, bayonnomalarni, masalan, DYHXX xodimlari tomonidan rasmiylashtirish uchun ancha vaqtni talab etsa kerak.
Bundan tashqari, amaliyotda o‘tkazilgan ayrim protsessual harakatlar rasmiy ravishda majburiy deb belgilandi. Ayrim toifalar bo‘yicha (yuqoridagiga qaralsin) haydovchi holatini tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish, zararni baholash, avtotexnik va tibbiy ekspertiza tayinlash talab etiladi.
Biroq, mazkur choralar ma'muriy huquqbuzarlik ishlarini to‘liq va xolis ko‘rib chiqish imkoniyatini yaratadi.
Mavzuga oid
08:40 / 17.03.2026
Bojxona hujjatlarining yangi shakllari joriy etildi
13:23 / 26.11.2025
Dolzarbligini yo‘qotgan 800 ga yaqin hujjat bekor qilinadi
13:44 / 09.09.2025
Idoraviy hujjatlarni qabul qilish muddatiga oid qat’iy talablar o‘rnatiladi
11:43 / 13.05.2025