Yangi tartibga köra, tovarlarni bojxona körigidan ötkaziş, omborga joylaştiriş hamda ular harakatini hisobga oliş jarayonlarini yanada aniq va şaffof yuritiş maqsadida bir qator yangi hujjat şakllari joriy etildi.

Jumladan, tovar va transport vositalarini tekşiriş natijalarini rasmiylaştiriş uçun bojxona körigi dalolatnomasi, jismoniy şaxslarning qöl yuki va bagajlarini tekşiriş böyiça alohida dalolatnoma, deklarantlar uçun tovarlarni oldindan közdan keçiriş yoki ölçaşga oid elektron murojaatnoma hamda yuklarni bojxona omboriga tuşiriş böyiça maxsus dalolatnomalar şakllari tasdiqlandi.

Mazkur hujjatlar bojxona organlarining axborot tizimi orqali elektron şaklda rasmiylaştirilişi belgilandi. Şu bilan birga, avtomobil transportida xalqaro yuk taşiş faoliyatini amalga oşirayotgan bojxona taşuvçilarini reyestrga kiritiş uçun alohida murojaat qiliş talabi hamda ariza şakli bekor qilindi.

Kiritilgan özgarişlar bojxona jarayonlarini raqamlaştiriş, hujjat aylanmasini soddalaştiriş va sohada şaffoflikni ta’minlaşga xizmat qiladi.