Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sud orqali undirilgan mablag‘lardan rag‘batlantirish berish qanday tartibda amalga oshiriladi?
SAVOL: Men viloyat «Suvoqava» davlat unitar korxonasi tuman filialida huquqshunos bo‘lib ishlayman. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 yanvardagi PQ-2733-son «Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorining uchinchi xatboshisida «yuridik xizmat xodimlari har chorakda sudgacha va sud tartibida davlat organi va tashkiloti foydasiga hal qilingan nizolar yuzasidan undiriladigan summaning 5 foizi, biroq eng kam oylik ish haqining 50 barobaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda mukofotlanadi», deb belgilangan. Hozirgi kunda men tomonimdan ichimlik suvi iste'molchilaridan mavjud qarzdorliklarni undirish uchun tegishli sudga da'vo arizalari kiritilib, qanoatlantirildi va sud buyruqlariga asosan mablag‘lar filial hisob raqamiga kelib tushmoqda. Mazkur pul mablag‘laridan menga beriladigan rag‘batlantirish qanday tartibda amalga oshiriladi?
B.Yandashev, Nurota shahri.
JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 1 maydagi 250-son qarori bilan tasdiqlangan «Sudgacha va sud tartibida davlat organi va tashkiloti foydasiga hal qilingan nizolar yuzasidan undiriladigan mablag‘lar hisobidan yuridik xizmat xodimlarini mukofotlash tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga asosan amalga oshiriladi.
Mukofot puli davlat organlari va tashkilotlari foydasiga hal qilingan nizolar bo‘yicha davlat organi va tashkilotining hisob raqamlariga yoki shaxsiy g‘aznachilik hisob varaqalariga tushgan umumiy mablag‘lardan hisoblab chiqariladi.
Mazkur Nizomning 7- va 8-bandlariga asosan mukofot pulini to‘lash haqida buyruq (farmoyish) chiqarilishiga yuridik xizmat rahbarining bildirgisi asos bo‘ladi. Shtat birligida bitta yuridik xizmat xodimi nazarda tutilgan hollarda mukofot pulini to‘lash haqida buyruq (farmoyish) chiqarilishiga ushbu xodimning bildirgisi va unga ilova qilingan davlat organi va tashkiloti foydasiga undirilgan mablag‘ni tasdiqlovchi hujjatlar asos bo‘ladi.
Yuridik xizmat xodimi tomonidan hal etilgan nizolar bo‘yicha mablag‘lar davlat organlari va tashkilotlari hisob raqamlariga yoki shaxsiy g‘aznachilik hisob raqamlariga tushganligi davlat organlari va tashkilotlari buxgalteriyasi va/yoki mablag‘larning tushishini hisobga olish vazifasi yuklangan tarkibiy bo‘linmalar (xodim) tomonidan berilgan ma'lumotnoma asosida tasdiqlanadi. Bunda ma'lumotnoma yuridik xizmat rahbarining yozma so‘roviga muvofiq uch ish kuni ichida beriladi.
Savollarga Navoiy viloyat adliya boshqarmasi Yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik ta'minlash sho‘'basi yetakchi maslahatchisi Z.Jo‘rayeva hamda Jamoat, nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar bo‘limi boshlig‘i M.Turdiyeva javob berdi.
Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.
Mavzuga oid
18:44 / 01.04.2026
Sudlardan norozi erkak Oliy sud qarshisidagi daraxtga chiqib oldi
09:58 / 01.04.2026
Mol-mulkni davlat daromadiga o‘tkazish tartibi soddalashtiriladi
12:03 / 24.03.2026
Italiyada sud tizimi islohoti referendumda rad etildi
12:08 / 19.03.2026