Jahon | 20:51 / 03.11.2024
23408
2 daqiqa o‘qiladi

Ispaniya qiroli va qirolichasi Valensiyada loybo‘ron qilindi

Toshqindan zarar ko‘rgan hududlar aholisi ularga keskin norozilik bildirdi.

Foto: Reuters

Suv toshqinidan katta zarar ko‘rgan Valensiya chekkasidagi Payporta shahrining yuzlab aholisi hukumat amaldorlarining tashrifi chog‘ida norozilik namoyishi o‘tkazdi, deb xabar berdi Reuters.

Ba’zi namoyishchilar Ispaniya qiroli Filipp va qirolicha Letisiyaga loy otgan. Bosh vazir Pedro Sanches ham hujumga uchragan, u zudlik bilan evakuatsiya qilingan.

Manaure Quintero / AFP / Scanpix / LETA
Manaure Quintero / AFP / Scanpix / LETA

Namoyishchilar «Qotillar!» deb hayqirgan va qirol oilasidan shu vaqtgacha qayerda bo‘lganini, nega oldinroq kelmaganini so‘ragan. Xabarga ko‘ra, qirol oilasi a’zolari «xotirjamlikni saqlab», mahalliy aholi bilan gaplashishga harakat qilgan.

Eva Manez / Reuters / Scanpix / LETA

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Ispaniyada suv toshqinlari oqibatida 217 kishi halok bo‘lgan, o‘nlab kishilar hanuz bedarak yo‘qolgan.

Eva Manez / Reuters / Scanpix / LETA
Eva Manez / Reuters / Scanpix / LETA

Mavzuga oid