Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Takroriy ekin ekmoqchi bo‘lgan fermerlar neft mahsulotlarini qanday olishadi?
SAVOL: Men fermer xo‘jaligimga takroriy ekin ekmoqchiman. Takroriy ekin ekish uchun sarflanadigan neft mahsulotlarini neftebazalardan sotib olish uchun xo‘jalik shartnomasi tuzsa bo‘ladimi? Neft mahsulotlarining narxi va to‘lovi qanday bo‘ladi?
Z.ToshpO‘latov,
Samarqand viloyati
JAVOB: G‘alla o‘rimi mavsumidan so‘ng bo‘shagan yerlarga takroriy ekin ekmoqchi bo‘lgan fermer xo‘jaliklarining (qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi korxonalarning) taqsimotini shahar yoki tuman hokimliklari tomonidan yetkazib beruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarga taqdim etadi.
Taqsimotda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi korxonaning necha gektar ekin maydoniga qaysi turdagi takroriy ekin ekmoqchi ekanligi, unga sarflanadigan yoqilg‘i moylash materiallari miqdori kiritiladi. Shundan so‘ng neft mahsulotlari yetkazib berish to‘g‘risida shartnoma tuziladi.
Takroriy ekin uchun to‘lov oldindan 100 foiz amalga oshiriladi va dizel yoqilg‘isi narxi davlat ehtiyoji uchun yetishtiriladigan g‘alla va paxta uchun beriladigan dizel yoqilg‘isi imtiyozli narxiga 10 foiz ustama qo‘ygan holda belgilanadi.
Savolga «O‘zneftmahsulot» AK yuriskonsulti Matusmon UTAGANOV javob berdi.
Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.
Mavzuga oid
14:52 / 18.06.2025
Malayziya O‘zbekistonda "aqlli" fermer xo‘jaliklari yechimlariga sarmoya kiritadi
13:57 / 28.02.2025
Elektrdan o‘g‘rincha foydalanib kelgan fermer xo‘jaligi aniqlandi
12:09 / 25.02.2025
Fermer xo‘jaligi 1,7 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
09:10 / 03.12.2024