Uçraşuvda Özbekistonda transport infratuzilmasi, turar joy va biznes obektlarini quriş yönalişlarida qöşma loyihalarni amalga oşiriş va davlat-xususiy şerikçilik dasturlarida qatnaşiş imkoniyatlari körib çiqildi.

Imran Salimning aytişiça, MRCB Malayziyaning yetakçi quriliş va köçmas mulkni rivojlantiriş kompaniyalaridan biri sifatida davlat-xususiy şerikçilik asosida mamlakatda köplab transport infratuzilmasi, turar joy va biznes obektlarini qurib kelmoqda.

Malayziya tomoni Özbekistonda suv resurslarini boşqariş va suv ta’minoti infratuzilmasini yangilaşga böyiça innovatsion texnologiyalarni joriy qiliş, temiryöl liniyalari va infratuzilmasini modernizatsiya etiş, qişloq xöjaligi sohasida mahsuldorlikni oşiriş va "aqlli" fermer xöjaliklari yeçimlari, qayta tiklanadigan energiya, jumladan çiqindilarni energiyaga aylantiriş, quyoş va şamol elektr stansiyalarini barpo etiş kabi loyihalarda qatnaşiş va sarmoya kiritiş imkoniyatlarini örganib çiqişga qiziqiş bildirdi.

Şuningdek, Malayziyada köplab davlat-xususiy şerikçilik loyihalarini amalga oşirişda orttirilgan tajribaga asoslanib, mamlakatimizdagi davlat-xususiy şerikçilik dasturlarida iştirok etiş istagi bildirildi.