“Özenergoinspeksiya” xabariga köra, holat “Özenergoinspeksiya” Qaşqadaryo viloyati hududiy boşqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorligida ötkazilgan nazorat tadbirida aniqlangan. Koson tumani “Şerbek” MFYda joylaşgan “U.A.H.” fermer xöjaligi suv nasos qurilmalariga ulanib heç qanday hujjatlarsiz özboşimçalik bilan elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Uşbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga köra elektr ta’minoti korxonasiga 222,9 mln sömlik zarar yetkazgani ma’lum böldi.
Mazkur holat yuzasidan tegişli hujjatlar rasmiylaştirilib, huquqni muhofaza qiluvçi organlarga yuborildi.











