Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yagona milliy ijtimoiy himoya: oilalar 3 toifaga ajratiladi
“Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga davlat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini taqdim etish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi. 2026 yil 1 fevraldan amaldagi reyestrlar negizida yagona Ijtimoiy reyestr yuritilib, undagi ma’lumotlar asosida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari manzilli tarzda taqdim etiladi.
Foto: Kun.uz
Farmonga muvofiq, 2026 yil 1 fevraldan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” va Kambag‘al oilalar reyestri negizida yagona Ijtimoiy reyestr shakllantiriladi. U “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida yuritilib, davlat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari taqdim etiladigan oilalar (shaxslar)ni aniqlash hamda ularning ijtimoiy-iqtisodiy holatini baholash vazifalarini bajaradi.
Yangi Ijtimoiy reyestrda oilalar ijtimoiy-iqtisodiy holatidan kelib chiqib quyidagi toifalarga ajratilishi belgilangan:
- “davlat ta’minotidagi oila”;
- “kambag‘al oila”;
- “kambag‘allik chegarasidagi oila”.
Farmonda toifalash mezonlari ham belgilangan. Xususan:
“Davlat ta’minotidagi oila” toifasiga — oila a’zolari mehnatga layoqatsiz yoki mehnat qilish imkoniyati cheklangan bo‘lgan, har bir a’zoga to‘g‘ri keladigan jami o‘rtacha oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlaridan kam bo‘lgan oilalar kiritiladi;
“Kambag‘al oila” toifasiga — oila a’zolari mehnatga layoqatli yoki mehnat qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan, har bir a’zoga to‘g‘ri keladigan jami o‘rtacha oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlaridan kam bo‘lgan oilalar kiritiladi;
“Kambag‘allik chegarasidagi oila” toifasiga — har bir a’zoga to‘g‘ri keladigan jami o‘rtacha oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlarining 1 baravaridan 1,5 baravarigacha bo‘lgan oilalar kiritiladi. Shuningdek, bu toifaga:
avval “davlat ta’minotidagi oila” yoki “kambag‘al oila” toifalaridan chiqarilgan oilalar;
“mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan deb topilgan oilalar ham kiritilishi mumkin.
Yagona reyestr joriy qilinishi orqali ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini taqdim etishda:
- ehtiyojmand oilalarni aniqlash mexanizmi yagona bazaga jamlanadi;
- oilalarning holati tizimli baholanadi;
- yordam choralarining manzilliligi va samaradorligini oshirish ko‘zda tutiladi.
Mavzuga oid
10:05 / 01.04.2026
Qarzdor mol-mulkini sotish va xatlashda yangi qoidalar joriy etiladi
09:58 / 01.04.2026
Mol-mulkni davlat daromadiga o‘tkazish tartibi soddalashtiriladi
09:38 / 01.04.2026
Aliment qarzi borlar uchun yangi cheklovlar joriy etiladi
09:13 / 01.04.2026