Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple taqdimoti: qora korpusli iPhone, suvga chidamli soatlar va boshqa asosiy yangiliklar
Yangi iPhone 7’ning ikkita kameraga ega bo‘lishi haqidagi mish-mishlar — ayni haqiqat! Qurilma dizayni yanada ixchamlashgan.
Apple korpus ishlab chiqarishning yangi texnologiyasi bilan alohida maqtanib o‘tdi. Alyuminiy endi shishadan farq qilmaydi, shuningdek, siz ikkita yangi rangni uchratishingiz mumkin - qora va qora oniks.
«Home» tugmasi jiddiy o‘zgarishni boshdan kechirdi. U endilikda barmoq kuchini seza oladi. Unda Taptic Engine mexanizmi o‘rnatilgan.
iPhone 7 Plusning ikkita 12 megapikselli kamerasi 10 karrali optik kattalashtirishga, foto uchun obektivlar kengburchakli tasvirga ega.
iPhone 7 kamerasi 12 megapikselli sensor va suratni optik muvofiqlashtirishga ega bo‘ldi. Suratlar yangi iP7chipi orqali tahrirlanadi va chipning o‘zi kerakli yorug‘lik va ranglarni tanlab beradi.
Yangi ayfonlarda 3,5 mm,li teshik yo‘qligi sababli kompaniya simsiz quloqchinlarni taqdim etdi. Air Pods kompaniyaning istalgan qurilmasida iCloud orqali ishlay oladi.
Air Podsni Siri ovoz yordamchisi orqali boshqarish mumkin. Qurilma shuningdek, suhbatlar uchun mikrofon vazifasini ham o‘taydi.
Air Pods o‘z keysiga ega bo‘lib, u bir vaqtning o‘zida undan quvvat oladi. Quloqchilarning bir zaryadi 5 soatga yetishi mumkin.
Odatiy quloqchinlarni yangi qurilmaga smartfonlar to‘plamiga kiruvchi ulagich bilan ulash mumkin.
Apple Watch bilan endilikda suvga qo‘rqmay tushish mumkin. Uning yangi xususiyati ham — suvga chidamliligi. Muhandislar uning germetik korpusi ustida tinimsiz mehnat qilishiga to‘g‘ri keldi.
Apple yangi xaridorlar orasida endi suzuvchilar ham bo‘lishiga ishonmoqda. Buning uchun soatni bir kun davomida suvda ushlab turishdi.
Apple Watch Series 2 yangi tasmalarga ega bo‘ldi. Ular korporatsiyaning an'anaviy hamkori Hermes tomonidan ishlab chiqarilgan.
Yangi Apple Watch soatlarida salomatlik va fitnes uchun ko‘plab foydali dasturlar paydo bo‘ladi. Shuningdek, ularda «Pokemon Go» o‘yinini ham o‘ynash mumkin.
Endilikda nafaqat alyuminiy va po‘lat, balki keramik korpusli soatlar ham bor.
Soatlarga ikki yadroli S2 protsessori va grafik chip o‘rnatilgan. Apple Watch ichki GPS bilan ta'minlandi.
Yana bir yaxshi yangilik: Nintendo afsonaviy o‘yinlari, jumladan, Mario o‘yinni AppStore'da uchratish mumkin. «Super Mario Run» o‘yini shu yili Yangi yil arafasida chiqadi va sotiladi. iMessage uchun maxsus Mario stikerlari ham va'da qilinmoqda.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00
-
Sud Trampning tug‘ilish holati bo‘yicha AQSh fuqaroligini berishni cheklashga oid farmonini blokladi
Jahon | 19:55
-
AQSh Davlat departamenti 1,3 mingdan ortiq xodimini ishdan bo‘shatishga qaror qildi - AP
Jahon | 19:35
-
Amerikalik olimning mushugi ikkinchi marta yangi virusni topishga yordam berdi
Fan-texnika | 19:34
Mavzuga oid

20:28 / 09.07.2025
Nvidia kompaniyasining kapitallashuvi tarixdagi rekord darajaga yetdi

21:12 / 02.07.2025
Apple Hindistonda iPhone ishlab chiqarishni kengaytirishda kutilmagan muammoga duch keldi

18:42 / 28.06.2025
Apple olti yil ichida ilk marta asosiy iPhone displeyini kengaytiradi

16:50 / 26.06.2025