Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sud Trampning tug‘ilish holati bo‘yicha AQSh fuqaroligini berishni cheklashga oid farmonini blokladi
Nyu-Gempshir sudiga ko‘ra, farmonni to‘xtatib turish haqidagi sud qarori jamoatchilik manfaatlariga xizmat qiladi». Endi Tramp ma’muriyatida Nyu-Gempshir sudi qaroridan shikoyat qilish uchun yetti kun bor.
10 iyul kuni Nyu-Gempshir shtati federal yurisdiksiya sudi Donald Trampning tug‘ilish holati bo‘yicha AQSh fuqaroligini olish huquqini cheklovchi farmoni ijrosini cheklovchi qarorni chiqardi. Ushbu qaror Amerika fuqarolik erkinliklari ittifoqi farmonni noqonuniy deya hisoblab kiritgan da’vo doirasida qabul qilingan.
«Amerika fuqaroligining mazmuni va qadriyatini himoya qilish to‘g‘risida»gi prezident farmoni 2025 yil 20 yanvarda qabul qilingandi. Hujjat bilan AQShda tug‘ilgan bolaning onasi mamlakatda noqonuniy asosda yoki qonuniy, ammo vaqtinchalik asosda bo‘lsa va otasi bola tug‘ilgan vaqtda na Qo‘shma Shtatlar fuqarosi, na doimiy rezidenti bo‘lsa, unga avtomatik tarzda AQSh fuqaroligi berilmaydi.
29 iyun kuni AQSh Oliy sudi federal sudlar prezident Donald Trampning farmoni ijrosini butun mamlakat bo‘ylab bloklab qo‘ya olmasligi, ammo ishda ishtirok etayotgan ma’lum bir da’vogarlarni himoya qilishlari mumkinligi haqida qaror chiqargandi. Shunday qilib, prezident farmoniga qarshi chiqqan 22 shtatda tug‘ilish holati bo‘yicha fuqarolik berish huquqi saqlanib qolgan, farmonga qarshi jamoaviy da’vo kiritilmasa, qolgan 28 ta yurisdiksiyada ham u bekor qilinishi mumkin. Amerika fuqarolik erkinliklari ittifoqi aynan shunday da’voni kiritgan.
Sudya Jozef Laplantning ma’lum qilishicha, «petitsiya mualliflari va da’vogarlar farmon kuchga kirsa, o‘nglab bo‘lmas zarar ko‘rishlari mumkin. Shu sababli, farmonni to‘xtatib turish haqidagi sud qarori jamoatchilik manfaatlariga xizmat qiladi». Endi Tramp ma’muriyatida Nyu-Gempshir sudi qaroridan shikoyat qilish uchun yetti kun bor.
Mavzuga oid
11:07
BMT hisobot berdi: davlatlar 2030 yilgacha qo‘yilgan maqsadlarga sekin erishmoqda
20:35 / 09.07.2026
AQSh–Eron eskalatsiyasi sulh tugaganini anglatadimi?
18:32 / 09.07.2026
«Kuchliroq NATOda kuchliroq Yevropa» – Anqaradagi sammit qanday o‘tdi?
10:20 / 09.07.2026