Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 maydan har oyda ikki marta “avtomobilsiz kun” o‘tkaziladi
2026 yil 1 maydan boshlab O‘zbekistonda ekologik holatni yaxshilash va transport yuklamasini kamaytirish maqsadida har oyning 10 va 25 sanalarida “avtomobilsiz kun” hamda “avtomobilsiz hafta” aksiyalari o‘tkazib boriladi.
Foto: IIV axborot xizmati
Qonunchilikka ko‘ra, mazkur aksiyalar doirasida davlat fuqarolik xizmatchilari uchun qator cheklovlar joriy etiladi. Xususan, ushbu kunlarda ularga xizmat avtotransport vositalaridan foydalanish qat’iyan taqiqlanadi.
Shu bilan birga, agar belgilangan sanalar ish kunlariga to‘g‘ri kelsa, haydovchilarning ish haqi saqlab qolinadi. Bu tartib xodimlarning ijtimoiy himoyasini ta’minlashga qaratilgan.
Mutaxassislar fikricha, “avtomobilsiz kun” aksiyasi shaharlarda havo ifloslanishini kamaytirish, jamoat transportidan foydalanishni rag‘batlantirish hamda aholi orasida ekologik madaniyatni oshirishga xizmat qiladi.
Ma’lum qilinishicha, bunday tashabbuslar dunyo amaliyotida keng qo‘llanib, yo‘l-transport yuklamasini qisqartirish va atrof-muhitni muhofaza qilishda samarali vosita sifatida baholanadi.
Mavzuga oid
21:03 / 23.04.2024
Toshkentda navbatdagi «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladi
17:22 / 22.09.2022
22 sentabr – Avtomobilsiz kun. Dunyoda mashinalarsiz shahar bormi?
16:41 / 22.09.2020