Özbekiston boş vaziri örinbosari Aziz Abduhakimov ham 22 sentabr – xalqaro avtomobilsiz kun munosabati bilan şu kuni işga velosipedda bordi. U avvalroq barça özbekistonliklarni uşbu aksiyada faol qatnaşişga çaqirgan edi.
«Bugun işga odatdagidan vaqtliroq yölga çiqib, velosipedda bordim. Bu kişi kayfiyatiga katta ijobiy ta'sir qiladi», – dedi Abduhakimov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.
Boş vazir örinbosari suhbat davomida Özbekistonda soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş yangi darajaga çiqişi haqida aytib ötdi.
Özbekistonning köplab şaharlarida velosiped yölaklari quriladi
«Albatta, bitta kamçilik yaqqol körinyapti: şahrimizning köp joylarida hali velosiped yölaklari yöq. Ayni paytda maxsus işçi guruh bu masalani ham qamrab olgan qaror loyihasini tayyorlayapti.
Unga asosan, nafaqat Toşkent şahrida, balki butun respublikamizdagi yirik aholi punktlarida velosiped yölaklari, piyoda yuriş va yuguriş marşrutlari taşkil etiladi. Bundan taşqari, stritboll (köça basketboli), street workout (maşğulot maydonlari), mini futbol, badminton kabilarni butun respublikamiz böyiça ommalaştiriş, kerakli infrastrukturani yaratiş çoralari köriladi», – dedi Özbekiston badminton federatsiyasi raisi Aziz Abduhakimov.
Ommaviy sport davlat siyosati darajasiga kötariladi
Ma'lum bölişiça, hozirda Vazirlar Mahkamasida boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov rahbarligida işçi guruh taşkil etilib, Özbekistonda ommaviy sport va soğlom hayot tarzi tarğibotini kuçaytiriş, bu yönalişni davlat siyosati darajasiga olib çiqiş borasida işlar olib borilmoqda.
«Soğlom turmuş tarzi Özbekistonda har bir fuqaroning kundalik hayotidan örin olişi böyiça dastur işlab çiqilmoqda. Yaqin orada tegişli qaror loyihasi muhokama uçun e'lon qilinadi. Bu borada keng jamoatçilikdan takliflar berişini sörab qolardik.
Hozirgi kunda işçi guruh har kuni iş olib boryapti, qaror loyihasi qator vazirliklar va ekspertlar iştirokida işlab çiqildi», – dedi Aziz Abduhakimov.
Aholini soğlom ovqatlanişga çaqiriş böyiça faol tarğibot olib boriladi











