“Xalqaro avtomobilsiz kun”ning paydo bölişi 50-yillarga borib taqaladi

1885 yilda Karl Benz eng yuqori tezligi soatiga atigi 10 milya bölgan birinçi benzinli motorli avtomobilni ixtiro qildi. Şundan boşlab, bu kabi transportlar odamlar uçun ommalaşib, eng qulay va vaqtni tejaydigan vositaga aylandi.

Karl Benz, birinçi motorli avtomobil

Ammo köpgina yirik şaharlarda avtomobillarning foydasi bilan birga, zarari ham sezila boşlangan. Ulardan çiqadigan şovqin va zaharli gaz atrof-muhitga salbiy tasir qiliş bilan birga, insonlar orasida ölim sonini oşirgan. Ya’ni avtomobildan uzluksiz ravişda foydalaniş oqibatida fuqarolar yurak va semizlik kasalliklariga çalinib, vafot etgan.

Şundan keyin 1950-yillarga kelib, “car culture” (Avtomobildan foydalaniş madaniyati) muhokama markazlariga olib çiqila boşlandi. Boisi, insonlarga avtomobildan qanday foydalaniş, ba’zi vaqtlarda piyoda yurib turiş kerakligini örgatiş lozim edi. Şu maqsadda 1956-1957-yillarda Niderlandiya va Belgiyada avtomobillarsiz yakşanbalar ötkazila boşlangan.

Yillar davomida xalqaro konferensiyalar, maydonlarda avtomobilga qaramlik haqidagi maqolalar yozilib, nutqlar hamda turli loyihalar qilingaç, nihoyat 1995 yilga kelib World Car Free Days konsorsiumi taşabbusi bilan bu sana dunyoning yuzlab şaharlarida ötkazila boşlandi.

2021 yildan boşlab tegişli qaror bilan Özbekistonda ham bu sana “Avtomobilsiz kun” etib belgilangan.

“Avtomobilsiz kun” qançalik ahamiyatli?

Ma’lumotlarga köra, 1986 yilda dunyoda 500 million avtomobil bölgan, hozirgi kunga kelib esa uning soni 1 mlrd 200 milliondan ortiqni taşkil etadi. Özbekistonda jismoniy şaxslarga tegişli jami avtotransportlar 3 mlndan oşgan, har ming kişiga 90 ta avtomobil töğri kelişi hisoblandi.