O‘zbekiston | 17:55 / 18.03.2026
6941
1 daqiqa o‘qiladi

Rasman: Ramazon hayiti 20 mart kuni nishonlanadi

Foto: Kun.uz

Joriy yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 20 mart – juma kuniga to‘g‘ri keladi.

Prezident qarori bilan, O‘zbekiston musulmonlari idorasining shu haqdagi axboroti qabul qilinib, 20 mart – Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanishi belgilandi.

Hayit va Navro‘z bayramlari munosabati bilan dam olish kunlari quyidagicha bo‘ldi:

  • 20 mart (juma) – Ramazon hayiti kuni – barcha uchun dam olish kuni;
  • 21 mart (shanba) – Navro‘z bayrami kuni – barcha uchun dam olish kuni;
  • 22 mart (yakshanba) – dam olish kuni;
  • 23 mart (dushanba) – 5 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun dam olish kuni (ishlanmaydigan bayram kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chirilgan dam olish kuni), 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun odatiy ish kuni.
Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid