Toşkent şahar IIBB Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi ma’lumotiga köra, 19 mart kuni soat 09:00 dan 20:00 gaça bölgan vaqt oraliğida 500 mingdan ortiq avtomobil poytaxt hududini tark etgan.
Ma’lum qilinişiça, bunday yuqori transport oqimi Ramazon hayiti bayrami va dam oliş kunlari munosabati bilan aholining ommaviy ravişda şahardan çiqib ketişi bilan boğliq.
Şahardagi yöl harakati holati Yagona tezkor boşqaruv markazi orqali sutka davomida nazorat qilinmoqda. Mutaxassislar videokuzatuv tizimlari yordamida köçalar, asosiy magistrallar hamda çiqiş postlaridagi vaziyatni real vaqt rejimida kuzatib bormoqda.
Bayram kunlari ayrim hududlarda qisqa muddatli tirbandliklar kuzatilgan. Yöl harakatini tartibga soliş va tirbandliklarning oldini oliş maqsadida içki işlar organlarining qöşimça kuç va vositalari jalb etilgan.
YHXB xodimlari haydovçilarni yöl harakati qoidalariga qat’iy rioya qilişga çaqirmoqda. Ayniqsa, şaharlararo yöllarda harakat jadalligi yuqori bölgani sababli masofani saqlaş va tezlik rejimini buzmaslik tavsiya etilmoqda.











