Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon tillari universiteti qoshida yangi maktab tashkil etiladi
Foto: Fledu.uz
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshida fransuz tiliga ixtisoslashtirilgan maktabni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Xalq ta'limi vazirligining 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti muassisligida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan “Frantsuz tiliga ixtisoslashtirilgan maktab” davlat umumta'lim maktabini ta'sis etish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullanishi mumkin.
Belgilab qo‘yilishicha:
2019-2020 o‘quv yilida maktabning 7-8-9-10 sinflariga 40 nafardan o‘quvchilar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan fransuz tili va ona tili fanlaridan test sinovlari asosida qabul qilinadi;
Maktabning o‘quv reja va dasturlari Xalq ta'limi vazirligi bilan kelishilgan holda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Maktabga Fransiya va boshqa tili o‘rganilayotgan xorijiy mamlakatlardagi maktablar bilan doimiy hamkorlik o‘rnatishga ko‘mak ko‘rsatadi;
Maktabdagi o‘qish jarayonida yuqori bilim va salohiyatni ko‘rsata olgan o‘quvchilar hamda maktabning yetakchi pedagog-o‘qituvchilari uchun xorijiy mamlakatlarda amaliyot o‘tash va malaka oshirish kurslari tashkil etiladi;
Maktab xodimlari va o‘qituvchilarining oylik ish haqlariga 25 foiz miqdorida qo‘shimcha ustamalar belgilanadi;
Maktab bitiruvchilariga davlat namunasidagi umumiy o‘rta ta'lim ma'lumoti to‘g‘risidagi hujjat beriladi;
Maktab direktori universitet rektorining taqdimnomasi asosida Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining buyrug‘i bilan lavozimiga tayinlanadi;
Maktabni yuqori ko‘rsatkichlar bilan yakunlagan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan maktabning o‘zida o‘tkaziladigan imtihon natijalariga muvofiq beriladigan fransuz tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi davlat namunasidagi V1 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilar oliy ta'lim muassasalarining xorijiy til va adabiyoti, filologiya va tillarni o‘qitish, tarjima nazariyasi va amaliyoti yo‘nalishlariga (fransuz tili bo‘yicha) kirish imtihonlarisiz, kvotadan tashqari grant asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Mavzuga oid
14:10 / 20.02.2025
O‘quvchilarni tartibga chaqirgan “zo‘ravon rais” - Qoziroboddagi maktabda o‘zi nima bo‘ldi?
18:06 / 19.02.2025
Noma’lum shaxs Toshkentdagi 71-maktabda «qirg‘in» uyushtirish bilan tahdid qildi
15:15 / 14.02.2025
Har bir tuman va shaharda kamida bittadan inklyuziv maktab tashkil etiladi
14:01 / 13.02.2025