Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda turizm sohasidan olingan daromad miqdori 1,72 mlrd dollarni tashkil etdi
YuNVTO tomonidan e’lon qilingan turizm sohasi tez rivojlanayotgan 20 ta davlat ro‘yxatida O‘zbekiston to‘rtinchi o‘rinda qayd etildi.
Foto: Kun.uz
Saudiya Arabistonining ommabop «Sado» gazetasi saytida «O‘zbekiston mamlakatni jahon sayyohlik xaritasiga kiritish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirmoqda» sarlavhali maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Saudiya gazetasida ma’lum qilinganidek, sayyohlarning O‘zbekistonda o‘rtacha bo‘lish muddati 4-5 kunni tashkil etmoqda. Bu 2019 yilga (2-3 kun) nisbatan 1,5 barobarga oshgan. 2017 yilda respublikaga har bir chet ellik sayyoh o‘rtacha 197 dollar sarflagan. Bu ko‘rsatkich 2023 yilda 400 dollarga yetdi, 2023 yilning 9 oyi davomida turizm sohasidan olingan daromad miqdori esa 1,72 milliard dollarni tashkil etdi.
«Butunjahon sayyohlik tashkiloti tomonidan e’lon qilingan turizm sohasi eng tez rivojlanayotgan 20 ta davlat ro‘yxatida O‘zbekiston to‘rtinchi o‘rinda qayd etildi», - deb yozgan «Sado».
Mavzuga oid
15:41 / 02.01.2026
20 ta turizm klasteri tashkil etilib, 4 mingta yangi mehmonxona va xostel ochiladi
13:59 / 30.12.2025
2025 yilning 11 oyida O‘zbekistonga 10,7 mln turist tashrif buyurdi
14:31 / 24.12.2025
Daromadlar o‘rtasidagi tafovut: boylar boyishda, kambag‘allar qashshoqlashishda davom etyapti
23:37 / 17.12.2025