Savdo-sanoat palatasi tomonidan tadbirkorlar, hukumat vakillari va elçilar iştirokida ötkazilgan oçiq muloqotda turizm sohasi haqida ham söz bordi.
Tadbirkorlardan biri xorijiy sayyohlar oqimini oşiriş uçun qator takliflarni ilgari surdi.
Madaniy obektlar çiptalari qimmat
Tadbirkorning sözlariga köra, Özbekistonda turistlar uçun muzeylar va madaniy meros obektlariga kiriş çiptalari narxi yildan yilga oşyapti.
“Bitta sayyoh 10-12 ta turistik obektga kirganda, jami bölib 130-150 dollar pul tölayapti. Yevropada hozir ahvol unçalik yaxşimas, turistlar kamayib qolgan. Buyoqda esa biletlar qimmat”.
Aviaçiptalar qimmat
Tadbirkor Özbekistonga aviaçiptalar qimmatligi, xorijlik sayyohlar oldida esa boşqa arzonroq muqobil variantlar borligini aytdi.
“Bizga loukosterlar uçmaydi. Sayyohlar 700, 800, 900 dollarga uçib keladi. Masalan, Gruziyaga öxşab, şanba-yakşanba kunlari 50-100 dollarga kelib-ketadigan çiptalar yöq-da”.
QQSni qaytariş
Turizm sohasi vakili turfirmalar uçun QQSdan yengillik berişni söradi.
“Eski masala. Tovarlarni eksport qiladiganlarga QQSni qaytarib berasizlar. Xizmatlarni eksport qiladiganlarga esa QQS qaytarilmaydi. Masalan, öşa madaniy meros obektlariga çiptalar 150 dollar dedik-a, öşa narxni bizga QQSsiz çiqarib beradi, biz uning ustiga QQS tölaşimiz kerak”.
Festivallar sanasi mavhum
Tadbirkor turli madaniy festivallar sanasi yetarliça oldindan aniq bölmasligini bildirdi.








