Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Top-10 yo‘nalish: 2025 yilda o‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi davlatlarga bordi?
2025 yilda turistik maqsadlarda xorijga chiqqan o‘zbekistonliklar soni 7,6 million nafarga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 22,2 foizga oshgan. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari fuqarolar qaysi davlatlarga eng ko‘p safar qilganini ham ochiqladi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil davomida 7,6 mln nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga chiqqan. Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich 2024 yilga nisbatan qariyb 1,4 mln nafarga ko‘paygan bo‘lib, o‘sish sur’ati 22,2 foizni tashkil etgan.
Bu o‘sish bir qator omillar bilan izohlanadi: qo‘shni davlatlar bilan chegaralarning ochiqligi, transport qatnovlarining kengayishi, aviaqatnovlar sonining ortishi, shuningdek, aholining sayohatga qiziqishi oshib borayotgani.
Statistikaga ko‘ra, 2025 yilda o‘zbekistonliklar eng ko‘p quyidagi davlatlarga safar qilgan:
Qirg‘iziston — 3,3 mln nafar;
Qozog‘iston — 1,3 mln nafar;
Tojikiston — 1,3 mln nafar;
Rossiya — 433,3 ming nafar;
Saudiya Arabistoni — 366,2 ming nafar;
Turkiya — 268,9 ming nafar;
BAA — 139,4 ming nafar;
Misr — 65,4 ming nafar;
Xitoy — 52,6 ming nafar;
Vetnam — 39,1 ming nafar.
Ro‘yxatdan ko‘rinib turibdiki, safarlarning asosiy qismi qo‘shni davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu, avvalo, yaqin masofa, soddalashtirilgan chegara tartiblari va iqtisodiy hamda oilaviy aloqalarning faolligi bilan bog‘liq.
Shu bilan birga, Turkiya, Saudiya Arabistoni, BAA va Misr kabi davlatlar ham o‘zbekistonlik sayyohlar orasida ommabop yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda. Bu mamlakatlarga asosan dam olish, ziyorat turizmi hamda xizmat safari maqsadida borilayotgani qayd etilmoqda.
Keyingi yillarda ham xorijiy sayohatlarga bo‘lgan qiziqish saqlanib qolishi va safarlar geografiyasi yanada kengayishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
17:36
Aholini ro‘yxatga olishda onlayn savolnomani bir kishi butun oila uchun to‘ldirishi mumkin
14:20
2025 yil statistikasi: inflatsiya 7,3 foiz, real daromadlar 9,2 foizga o‘sdi
11:19
Hududlar kesimida ijara xizmatlari hajmi e’lon qilindi
15:20 / 21.01.2026