Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda ayol yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini hojatxonaga tashlab ketdi. Vazirlik bolaning ahvoli haqida ma'lumot berdi
Internetda Surxondaryo viloyatining Denov tumanidagi bozor hojatxonasiga tashlab ketilgan yangi tug‘ilgan chaqaloq topib olingani haqidagi video tarqaldi.
Unda shifokorlar, IIB xodimlari va boshqalar chaqaloqni jonlantirishga urinayotgani tasvirlangandi.
Chaqaloqning onasi tasviri bozordagi kuzatuv kameralariga tushib qolgan va ayni vaqtda u qidiruvga berilgan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati chaqaloqning hayoti saqlab qolingani va uning ayni vaqtdagi holati haqida ma'lumot berdi. Ma'lum bo‘lishicha, yangi tug‘ilgan chaqaloq 2 iyul kuni Denov tumanidagi «Lolazor» buyum bozori hududidagi hojatxonadan topilgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari va tez tibbiy yordam shifokorlari chaqaloqqa voqea joyida birinchi tez tibbiy yordamni ko‘rsatishgan. Chaqaloq 2-sonli viloyat perinatal markaziga og‘ir ahvolda olib kelingan va uning hayoti saqlab qolingan.
«Shifokorlar ko‘rsatgan tibbiy muolajalardan keyin chaqaloqning umumiy ahvoli qoniqarli bo‘lib turibdi. Ayni paytda tibbiyot xodimlari tomonidan sun'iy oziqlantirilmoqda. Chaqaloq jinsi - qiz bola, og‘irligi - 3500 gramm, bo‘yi - 50 santimetr.
Hozirda chaqaloq ahvoli Sog‘liqni saqlash vazirligi nazoratiga olingan. Shifokorlar chaqaloq hayoti uchun kurashmoqda», deya Kun.uz’ga xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i Furqat Sanayev.
Mavzuga oid
11:12 / 14.01.2026
Surxondaryoda 9-sinf o‘quvchisi 11-sinf o‘quvchisi tomonidan zo‘rlangani aytilmoqda
13:13 / 30.12.2025
Farg‘ona vodiysi va Surxondaryoga tezyurar elektropoyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
14:07 / 27.12.2025
Yekaterinburgda tashlab ketilgan o‘zbekistonlik chaqaloq vatanga qaytarildi
17:52 / 24.12.2025