Surxondaryoda ilk bor Afğonistondan olib kelingan oltin xomaşyosi qayta işlaş rejimida işlab çiqarişga yönaltirildi.
Şu munosabat bilan “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida zargarlik mahsulotlari işlab çiqarişga ixtisoslaşgan “Termiz Gold Production” MÇJ rahbariyati hamda Afğonistonning oltin qazib oluvçi korxonasi vakillari bilan uçraşuv ötkazildi.
Unda ta’kidlanganidek, şu paytgaça Afğoniston orqali tranzit yöli bilan boşqa davlatlarga olib ötilgan oltin xomaşyosi endilikda "bojxona hududida qayta işlaş" rejimi asosida qayta işlanadi.
Uşbu jarayonda yarim tayyor zargarlik buyumlari işlab çiqarilib, keyinçalik yuqori qöşimça qiymatga ega mahsulot sifatida eksportga yönaltiriladi.
Ma’lum qilinişiça, loyiha doirasida dastlabki partiya sifatida oğirligi 20 kg, umumiy qiymati 2,9 million AQŞ dollariga teng oltin xomaşyosi qayta işlaş jarayoniga jalb etilgan.








